Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

35-DARS

Qay yo‘sin to‘g‘ri qarorlar chiqarish mumkin?

Qay yo‘sin to‘g‘ri qarorlar chiqarish mumkin?

Barchamiz qarorlar chiqarib turamiz. Ularning aksariyati Yahova bilan bo‘lgan munosabatlarimizga yaxshi yoki yomon ta’sir qilishi mumkin. Masalan, qayerda yashash, o‘zimizni ta’minlash uchun qanday pul topish yoki oila qurish-qurmaslik borasida qaror chiqarish kerak bo‘lar. To‘g‘ri qarorlar chiqarganimizda, baxtli bo‘lishimiz va Yahovani mamnun qilishimiz mumkin.

1. Qay yo‘sin Muqaddas Kitob yordamida to‘g‘ri qaror chiqara olasiz?

Qaror chiqarishdan avval Yahovaga ibodat qilib yordam so‘rang va Kalomni tadqiq qilib, U bu masalada qanday nuqtai nazarda ekanini biling. (Hikmatlar 2:3–6 ni o‘qing.) Ba’zi vaziyatlarda Yahova aniq yo‘l-yo‘riq taqdim etadi. Shunda, bu yo‘l-yo‘riqqa amal qilish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi.

Qanday yo‘l tutish borasida Muqaddas Kitobda aniq aytilmagan bo‘lsa-chi? Yahova: «Yurishing kerak bo‘lgan yo‘ldan yetaklayman»,— demoqda. (Ishayo 48:17) Qiziq, qanday qilib? Masalan, sizni yo‘naltirishi mumkin bo‘lgan prinsiplar mavjud. Ular Muqaddas Kitobda yozilgan. Prinsiplar asosiy haqiqatlar bo‘lib, Xudoning fikrlari-yu tuyg‘ularini oshkor etadi. Odatda Kalomdan biror voqeani o‘qib, muayyan masala borasida Yahovaning fikrini bilib olamiz. Uning nuqtai nazarini tushunganimizda, Unga yoqadigan qarorlar chiqarishimiz mumkin.

2. Qaror chiqarishdan avval, qaysi omillarni inobatga olishingiz kerak?

Hikmatlar 14:15 da: «Zakovatli har bir qadamini o‘ylab bosadi»,— deyilgan. Bu degani, qaror chiqarishdan oldin tanlovlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish uchun vaqt ajratish kerak. Tanlovlar ustida mulohaza yuritar ekansiz, o‘zingizdan quyidagicha so‘rang: «Muqaddas Kitobdagi qaysi prinsiplar mos keladi? Qaysi qaror tufayli qalbimda tinchlikni his etaman? U boshqalarga qanday ta’sir qiladi? Asosiysi, u Yahovani quvontiradimi?» (Qonunlar 32:29)

Yahova bizga nima yaxshi-yu nima yomon ekanini aytishga haqli. Uning qonunlari-yu prinsiplarini yaxshi bilsak va ularga amal qilish qarorimiz qat’iy bo‘lsa, vijdonimizni to‘g‘ri tarbiyalay olamiz. Vijdon ichki tuyg‘u bo‘lib, nima yaxshi va nima yomon ekanini ajratishga yordam beradi. (Rimliklarga 2:14, 15) Tarbiyalangan vijdon dono qarorlar chiqarishimizga ko‘maklashadi.

KO‘PROQ BILIB OLING

Muqaddas Kitobdagi prinsiplar va vijdonimiz qarorlar chiqarishimizga qanday yordam berishini bilib oling.

3. Sizni Muqaddas Kitob yetaklasin

Qarorlar chiqarayotganimizda Muqaddas Kitobdagi prinsiplar bizni qay yo‘sin yetaklay oladi? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Iroda erkinligi nima?

  • Nega Yahova iroda erkinligini bergan?

  • To‘g‘ri qaror chiqarishimizga ko‘maklashish uchun Xudo nimalarni taqdim etgan?

Misol tariqasida, Efesliklarga 5:15, 16 ni o‘qing, so‘ng qay yo‘sin quyidagilar borasida «har fursatdan unumli foydalanishingiz» mumkinligini muhokama qiling:

  • Muqaddas Kitobni muntazam o‘qish,

  • yaxshiroq turmush o‘rtoq, ota-ona, o‘g‘il yoki qiz bo‘lish,

  • yig‘ilishlarga borish.

4. To‘g‘ri qarorlar chiqarish uchun vijdoningizni tarbiyalang

Muayyan masala borasida Muqaddas Kitobda aniq yo‘l-yo‘riq bo‘lsa, to‘g‘ri qaror chiqarish oson bo‘lishi mumkin. Lekin u bo‘lmasa-chi? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Videodagi imondoshimiz vijdonini tarbiyalash va Yahovaga yoqadigan qaror chiqarish uchun qanday qadamlar qo‘ydi?

Nega o‘zimiz qaror chiqarishimiz kerak bo‘lgan masalalarda boshqalardan biz uchun qaror chiqarishini so‘ramasligimiz kerak? Ibroniylarga 5:14 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Boshqalardan o‘rnimizga qaror chiqarishini so‘rash osonroq tuyular, ammo o‘zimiz uchun nimani ajrata olishimiz kerak?

  • Vijdoningizni tarbiyalash va to‘g‘ri qarorlar chiqarishingizga qo‘l keladigan nimalar bor?

Vijdonimiz xarita kabi hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam beradi

5. Boshqalarning vijdonini hurmat qiling

Har xil odamlar turli qarorlar chiqaradi. Boshqalarning vijdonini hurmat qilayotganimizni qay yo‘sin ko‘rsata olamiz? Quyidagi ikkita vaziyatga diqqat qarating:

1- vaziyat: Deylik, pardoz-andozni yoqtiradigan bir opamiz yangi jamoatga ko‘chdi. U yerdagi opa-singillar esa uni ko‘rib qoqinib qoldi.

Rimliklarga 15:1 va 1 Korinfliklarga 10:23, 24 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Bu oyatlarga ko‘ra, opamiz qanday qaror chiqarishi mumkin? Boshqalarning vijdoni yo‘l qo‘ymagan, lekin sizning vijdoningiz yo‘l qo‘ygan vaziyatda nima qilasiz?

2- vaziyat: Birodar Muqaddas Kitobga ko‘ra spirtli ichimliklarni me’yorida iste’mol qilish mumkinligini biladi, lekin umuman ichmaslikka qaror qiladi. Uni o‘tirishga taklif qilishdi. O‘tirishda u birodarlar spirtli ichimliklarni iste’mol qilayotganini ko‘rdi.

Voiz 7:16 va Rimliklarga 14:1, 10 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Bu oyatlarga ko‘ra, birodar qanday qaror chiqarishi mumkin? Kimdir vijdoningiz yo‘l qo‘ymagan biror narsani qilayotganini ko‘rsangiz, nima qilasiz?

 To‘g‘ri qaror chiqarishga qanday qadamlar ko‘maklashadi?

1. Yahovaga murojaat qiling. To‘g‘ri qaror chiqarishingiz uchun yordam so‘rang. (Yoqub 1:5)

2. Izlanish o‘tkazing. Muqaddas Kitob va adabiyotlarimizdan vaziyatingizga mos prinsiplarni toping; yetuk masihiylar bilan maslahatlashing.

3. Oqibati haqida o‘ylang. Qaroringiz o‘zingizning va boshqalarning vijdoniga qanday ta’sir qiladi?

BA’ZILARNING FIKRI: «Ko‘nglim tusagan ishni qilishga haqliman. Boshqalarning fikri meni qiziqtirmaydi».

  • Nega Allohning va boshqalarning tuyg‘ulari haqida o‘ylab ko‘rishimiz lozim?

XULOSA

Muayyan vaziyatlar borasida Yahovaning fikri qanday ekanini bilsak va ishlarimiz boshqalarga foyda yoki zarar keltirayotgani haqida o‘ylasak, to‘g‘ri qarorlar chiqaramiz.

Takrorlash

  • Qay yo‘sin Yahovaga yoqadigan qarorlar chiqara olasiz?

  • Qay yo‘sin vijdoningizni tarbiyalay olasiz?

  • Qay yo‘sin boshqalarning vijdonini hurmat qilayotganingizni ko‘rsata olasiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Qanday qilib Xudo bilan munosabatlaringizni mustahkamlaydigan qarorlar chiqara olasiz?

«Xudoni sharaflaydigan qarorlar qabul qiling» («Qo‘riqchi minorasi» 15-aprel, 2011)

Yahova qay yo‘sin maslahat berishiga diqqat qarating.

«Yahova xalqiga yo‘l ko‘rsatyapti» 9:50

Bir kishi qaysi omillar yordamida jiddiy qaror chiqarganini tomosha qiling.

«Yahova barcha yaxshiliklarning kafilidir» 5:46

Yahova biror masala borasida aniq yo‘l-yo‘riq bermagan bo‘lsa, Uni qanday mamnun qilishimiz mumkinligiga ahamiyat bering.

«Muqaddas Kitobdagi amrlarga doim muhtojmisiz?» («Qo‘riqchi minorasi» 1-dekabr, 2003)