Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

45-DARS

Betaraf bo‘lish nimani anglatadi?

Betaraf bo‘lish nimani anglatadi?

Iso Masih izdoshlariga «dunyoga tegishli» bo‘lmaslik kerakligini aytgan. (Yuhanno 15:19) Betaraf bo‘lish dunyodagi siyosatda va urushlarda hech kimning tarafini olmaslikni anglatadi. Ochig‘ini aytganda, betaraf bo‘lish doim ham oson emas. Betaraf bo‘lganimiz uchun odamlar bizni masxara qilar. Qay yo‘sin betaraf va Tangri Yahovaga sadoqatli qolishimiz mumkin?

1. Masihning chinakam izdoshlari insoniy hukumatlarga qanday nuqtai nazarda?

Masihiylar hukmron hokimiyatni hurmat qiladi. Iso aytganday yo‘l tutib, «podshohning haqini podshohga» beramiz, ya’ni o‘zimiz yashaydigan hududdagi qonunlarga amal qilamiz. Masalan, soliq to‘laymiz. (Mark 12:17) Yahova odamlar boshqarishiga yo‘l qo‘ygani tufayli ular hukm suryapti. (Rimliklarga 13:1) Shuning uchun, bu insonlarning boshqaruvi cheklanganini va ular Xudoga qaraganda, kamroq hokimiyatga ega ekanini tushunamiz. Xudoga ko‘z tikamiz va Uning Shohligi odamlarning barcha muammolarini hal qilishiga ishonamiz.

2. Betaraflikni qay yo‘sin ko‘rsata olamiz?

Isoga o‘xshab siyosatga aralashmaymiz. Odamlar Isoning mo‘jizalaridan birini ko‘rganda, uni yer yuzida shoh qilishga urindi. U esa bunday qilishlariga yo‘l qo‘ymadi. (Yuhanno 6:15) Nega? Iso keyinchalik: «Mening Shohligim bu dunyodan emas»,— deb aytdi. (Yuhanno 18:36) Isoning shogirdlari sifatida turli yo‘llar orqali betaraf ekanimizni ko‘rsatamiz. Masalan, urushda qatnashmaymiz. (Mixo 4:3 ni o‘qing.) Davlat ramzlarini, misol uchun, bayroqni hurmat qilamiz. Biroq ularga sajda qilmaymiz. (1 Yuhanno 5:21) Qolaversa, hech qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning tarafini egallamaymiz yoki ularga qarshi chiqmaymiz. Bu va boshqa yo‘llar orqali Xudoning hukumatiga, ya’ni Uning Shohligiga mutlaq sodiq ekanimizni ko‘rsatamiz.

KO‘PROQ BILIB OLING

Betarafligimiz sinalishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bilib oling va qay yo‘sin Yahovani mamnun qiladigan qarorlar chiqara olishingizga diqqat qarating.

3. Masihning chinakam izdoshlari betaraf

Iso va uning izdoshlari biz uchun yaxshi o‘rnak. Rimliklarga 13:1, 5–7 va 1 Butrus 2:13, 14 ni o‘qing. So‘ng VIDEONI tomosha qiling va quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Hukmron hokimiyatni nega hurmat qilishimiz kerak?

  • Qaysi yo‘llar orqali ularga bo‘ysunayotganimizni ko‘rsata olamiz?

Urush paytida ba’zi xalqlar o‘zini betarafmiz, deb aytadi. Lekin o‘sha urushda qatnashayotgan ikkala tarafni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Xo‘sh, aslida betaraf bo‘lish nima degani? Yuhanno 17:16 ni o‘qing. So‘ng VIDEONI tomosha qiling va quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Betaraflikni saqlash nimani anglatadi?

Hukmron hokimiyat Xudoning qonuniga zid narsani talab qilsa-chi? Havoriylar 5:28, 29 ni o‘qing. So‘ng VIDEONI tomosha qiling va quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Insonlarning qonuni va Xudoning qonuni o‘zaro zid bo‘lsa, qaysi biriga bo‘ysunishimiz kerak?

  • Masihiylar hukmron hokimiyatga bo‘ysunmaydigan qandaydir vaziyatni keltira olasizmi?

4. Ham fikrda, ham amalda betaraf bo‘ling

1 Yuhanno 5:21 ni o‘qing. So‘ng VIDEONI tomosha qiling va quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videoda ko‘rganimizday, nega Ayyenge siyosiy partiyaga qo‘shilmadi va bayroqni sharaflash kabi milliy tadbirda qatnashishdan bosh tortdi?

  • Sizningcha, u donolik ila yo‘l tutdimi?

Yana qanday vaziyatlarda betarafligimiz sinalishi mumkin? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Xalqaro sport musobaqalarini tomosha qilayotganda, qanday qilib betaraf qolishimiz mumkin?

  • Siyosatchilarning qarorlari hatto shaxsan bizga foyda yo zarar keltirganda, qay yo‘sin betaraflikni saqlay olamiz?

  • Yangiliklar yoki biz muloqot qilayotgan insonlar betarafligimizga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Masihiy qaysi sohalarda ham o‘y-fikrda, ham amalda betaraflikni saqlashi lozim?

BA’ZILARNING SAVOLI: «Nega bayroqni sharaflamaysiz va madhiya kuylamaysiz?»

  • Siz qanday javob berardingiz?

XULOSA

Masihiylar siyosiy masalalar borasida o‘y-fikri, so‘zi va xatti-harakatida betaraflikni saqlash uchun jon kuydiradi.

Takrorlash

  • Insoniy hukumatlar oldida qanday burchga egamiz?

  • Nega siyosatga aralashmaymiz?

  • Qanday vaziyatlarda betarafligimiz sinalishi mumkin?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Betaraf bo‘lib qolish uchun qanday fidoyilikka borishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin?

«Yahova bizga doim g‘amxo‘rlik qilib kelyapti» 3:14

Oilalar betarafligi sinalishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga qay yo‘sin oldindan tayyorlana oladi?

«Ommaviy tadbirlarda betaraflikni saqlang» 4:25

Nega vatanni himoya qilish inson ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta sharaf emas?

«Alloh uchun hamma narsaning imkoni bor» 5:19

Ish masalasida biror qaror chiqarayotib, «dunyoga tegishli» bo‘lmasligingizga nima yordam berishini bilib oling.

«Har kim o‘z aravasini o‘zi tortishi lozim» («Qo‘riqchi minorasi» 15-mart, 2006)