Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

46-DARS

Nega bag‘ishlanib, suvga cho‘mish kerak?

Nega bag‘ishlanib, suvga cho‘mish kerak?

Faqat Yahovaga topinishni va Uni birinchi o‘ringa qo‘yishni ibodatda va’da qilish orqali o‘zingizni Unga bag‘ishlagan bo‘lasiz. (Zabur 40:8) Keyin suvga cho‘masiz. Bu bilan o‘zingizni Yahovaga bag‘ishlaganingizni boshqalarga ko‘rsatasiz. O‘zimizni Yahovaga bag‘ishlash chiqarishimiz mumkin bo‘lgan eng muhim qaror. Bunday jiddiy va hayotni o‘zgartiradigan qarorni qabul qilishga sizni nima undashi mumkin?

1. Odam nega o‘zini Xudoga bag‘ishlaydi?

Yahovani sevganimiz uchun o‘zimizni Unga bag‘ishlaymiz. (1 Yuhanno 4:10, 19) Muqaddas Kitobda: «Tangringiz Yahovani butun qalbingiz, butun joningiz, butun ongingiz va butun quvvatingiz bilan seving»,— deb yozilgan. (Mark 12:30) Xudoni sevishimizni nafaqat so‘zlar, balki ishlarimiz orqali ham ko‘rsatamiz. Bir-birini chinakamiga sevadigan yigit va qiz turmush qurganidek, Yahovaga bo‘lgan sevgi bizni ham o‘zimizni Unga bag‘ishlashga va suvga cho‘mishga undaydi.

2. Yahova suvga cho‘mgan xizmatchilariga qanday barakalarni va’da qilmoqda?

Suvga cho‘mgach, Yahovaning baxtli oilasiga qo‘shilasiz. Shunda, Uning sevgisini ko‘p yo‘llar orqali his qilasiz va Unga hozirgidan ham yaqinroq bo‘lasiz. (Malaki 3:16–18 ni o‘qing.) Yahova nafaqat Otangizga aylanadi, balki butun dunyo bo‘ylab Uni va sizni sevadigan birodar-u opa-singillardan iborat ma’naviy oilaga ega bo‘lasiz. (Mark 10:29, 30 ni o‘qing.) Albatta, suvga cho‘mishdan oldin muayyan qadamlar qo‘yishingiz lozim. Yahovani tanib-bilish, Uni sevish va Isoga ishonishga o‘rganishingiz kerak bo‘ladi. So‘ng hayotingizni Yahovaga bag‘ishlashingiz darkor. Bu qadamlarni qo‘ysangiz va suvga cho‘msangiz, hayotdan toabad zavqlana olasiz. Kalomda: «Hozir ham suvga cho‘mish... qutqaradi»,— deyilgan. (1 Butrus 3:21)

KO‘PROQ BILIB OLING

O‘zingizni Yahovaga bag‘ishlab, suvga cho‘mishingiz nima uchun muhim ekaniga diqqat qarating.

3. Barchamiz kimga xizmat qilishni tanlashimiz kerak

Qadimgi Isroilda ba’zi odamlar ham Yahovaga topinishimiz, ham soxta xudo Baalga sajda qilishimiz mumkin, deb o‘ylagan. Lekin Yahova bunday noto‘g‘ri fikrlash tarzini o‘zgartirish uchun Ilyos payg‘ambarni yuborgan. 3 Shohlar 18:21 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Isroilliklar nima qilishga qaror qildi?

Isroilliklar kabi kimga xizmat qilishni tanlashimiz kerak. Luqo 16:13 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nega ham Yahovaga topinish, ham biron shaxsga yoki narsaga sajda qilish imkonsiz?

  • Yahovaga topinmoqchi ekanimizni qanday ko‘rsata olamiz?

4. Yahovaning sizga bo‘lgan sevgisi haqida fikr yuriting

Yahova bizga turli hadyalar bermoqda. Biz-chi, Unga nima bera olamiz? VIDEONI tomosha qiling.

Yahova sizga nisbatan sevgisini qaysi yo‘llar orqali ko‘rsatyapti? Zabur 104:14, 15 va 1 Yuhanno 4:9, 10 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yahovaning ayniqsa qaysi hadyalari uchun minnatdorsiz?

  • Bu hadyalar tufayli Xudo haqida qanday fikrdasiz?

Kimdir bizga ayni ko‘nglimizdagi narsani sovg‘a qilsa, unga minnatdorchilik ko‘rsatishni istaymiz. Qonunlar 16:17 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahova siz uchun qilgan barcha ishlari to‘g‘risida mulohaza yuritish sizni nima qilishga undayapti?

5. Bag‘ishlanish ko‘p barakalar keltiradi

Ko‘plarning fikricha, mashhurlik, yaxshi ish yoki pul ularni baxtli qiladi. Aslida ham shundaymi? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, sportchi futbol o‘ynashni yoqtirgan bo‘lsa ham, nega bu sohani tark etdi?

  • U o‘zini futbolga emas, balki Yahovaga bag‘ishlashga qaror qildi. Sizningcha, u to‘g‘ri tanlov qildimi? Nima uchun?

Havoriy Pavlus masihiy bo‘lishidan avval yuksak mavqega intilgan. U yahudiylarning qonunlarini mashhur ustozdan o‘rgangan edi. Lekin masihiy bo‘lish uchun u bularning baridan voz kechdi. Xo‘sh, Pavlus afsuslandimi? Filippiliklarga 3:8 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nega Pavlus masihiy bo‘lishdan avval qilgan barcha narsani «axlat», deb hisoblashini aytgan?

  • Buning o‘rniga u nimalarga ega bo‘lgan?

  • Nima deb o‘ylaysiz, hayotingizni Yahovaga xizmat qilishga bag‘ishlashdan boshqa yaxshiroq narsa bormi?

Masihiy bo‘lgach, Pavlus voz kechganlariga qaraganda ko‘prog‘iga ega bo‘ldi

BA’ZILARNING FIKRI: «Xudoga bag‘ishlanishning foydasi yo‘q. O‘ynab-kulib, yashab qolish kerak».

  • Sizningcha, nega o‘zingizni Yahovaga bag‘ishlash arziydi?

XULOSA

Sevgi bizni o‘zimizni Yahovaga bag‘ishlab, suvga cho‘mishga undaydi.

Takrorlash

  • Nima uchun Yahova Uni butun qalbimiz bilan sevishimizga va Unga topinishimizga loyiq?

  • Yahova suvga cho‘mgan xizmatchilarini qay yo‘sin mukofotlaydi?

  • O‘zingizni Yahovaga bag‘ishlashni istaysizmi?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Nega musiqachi va sportchi o‘zini Yahovaga bag‘ishlashga qaror qilgani haqida bilib oling.

«Yoshlarning savollari. Hayotimni nimaga bag‘ishlasam bo‘ladi? O‘tmishni eslab» 6:54

O‘zimizni Xudoga bag‘ishlashning boshqa sabablariga e’tibor bering.

«Hayotimizni nega Yahovaga bag‘ishlashimiz muhim?» («Qo‘riqchi minorasi» 15-yanvar, 2010)

O‘zini Yahovaga bag‘ishlaganlarning quvonchiga diqqat qarating.

«Yo Rab, umrim Senga baxshida» 4:30

«Yillar davomida “Nega bu dunyoga kelganmiz?” deb o‘ylardim» nomli tarjimai holdan bir ayolni hayoti haqida fikr yuritishga nima undaganini o‘qing.

«Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartiradi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-noyabr, 2012)