Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

50-DARS

Oilangiz qanday qilib baxtli bo‘lishi mumkin? 2- qism

Oilangiz qanday qilib baxtli bo‘lishi mumkin? 2- qism

Bolalar Yahovaning in’omi. U ota-ona bu sovg‘aga g‘amxo‘rlik qilishini kutadi. Yahova ularga bunday yo‘l tutishga ko‘maklashadigan dono maslahatlar beryapti. Ular yordamida bolalar ham oilasi baxtli bo‘lishiga hissa qo‘sha oladi.

1. Yahova ota-onalarga qanday maslahat beryapti?

Yahova ota-onalar farzandlarini yaxshi ko‘rishini hamda ular bilan imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazishini istaydi. Qolaversa, U ota-onalar farzandlarini himoyalashini va tarbiya berganda, Muqaddas Kitob prinsiplaridan foydalanishini xohlaydi. (Hikmatlar 1:8) Kalomda otalarga quyidagicha maslahat berilgan: «Yahovaning... pand-nasihati bilan [farzandlaringizni] o‘stiringlar». (Efesliklarga 6:4 ni o‘qing.) Yahova ota-onalar farzand o‘stirayotib, Uning yo‘l-yo‘riqlariga amal qilsa va bu mas’uliyatni boshqa kishiga yuklamasa, ulardan mamnun bo‘ladi.

2. Yahova bolalarga qanday maslahat beryapti?

Yahova: «Ota-onangizga quloq solinglar»,— deb ularga nasihat qilyapti. (Kolosaliklarga 3:20 ni o‘qing.) Farzandlar ota-onasini hurmat qilib, ularga quloq solganda Yahovani hamda ota-onasini xursand qiladi. (Hikmatlar 23:22–25) Iso bolaligida bunday yo‘l tutishda yaxshi o‘rnak ko‘rsatdi. U mukammal bo‘lganiga qaramay, ota-onasiga quloq solib, ularni hurmat qildi. (Luqo 2:51, 52)

3. Qay yo‘sin oilangiz bilan Xudoga yanada yaqinlasha olasiz?

Ota yoki ona bo‘lsangiz, shubhasizki, farzandingiz ham Yahovani siz kabi sevishini istaysiz. Bunga qanday erishsa bo‘ladi? Kalomdagi quyidagi so‘zlar sizga yordam beradi: «[Yahovaning so‘zlarini] farzandlaringizga uyda o‘tirganingizda ham, yo‘lda ketayotganingizda ham... aytib qalblariga jo qilinglar». (Qonunlar 6:7) Bu oyatdagi «jo qilish» iborasini, shuningdek, «qayta-qayta takrorlash; iz qoldirish» deb o‘girsa bo‘ladi. Masalan, farzandingiz nimanidir yodida saqlashi uchun unga o‘sha narsani tez-tez takrorlashingizga to‘g‘ri kelar. Shu kabi, bu oyat farzandingizga Yahova to‘g‘risida aytish imkoniyatlarini doim izlashingiz kerakligini anglatadi. Butun oilangiz bilan Yahovaga topinish uchun har hafta vaqt ajratish oqilonadir. Farzandingiz bo‘lmagan taqdirda ham Xudoning Kalomini tadqiq qilish uchun har hafta vaqt ajratib foyda olasiz.

KO‘PROQ BILIB OLING

Oilangiz o‘zini xavfsiz va baxtli his qilishiga ko‘maklashadigan amaliy maslahatlarga diqqat qarating.

4. Bolangizni sevgi bilan tarbiyalang

Farzand tarbiyasi oson emas. Qiziq, Muqaddas Kitob bunda qanday yordam bera oladi? Yoqub 1:19, 20 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qanday qilib ota-ona bolasi bilan suhbatlashganda, sevgisini ko‘rsata oladi?

  • Nega ota yoki ona jahlga berilgan paytda bolasiga tarbiya bermasligi kerak? a

5. Farzandlaringizni himoya qiling

Farzandlaringizni himoya qilish uchun ularning har biri bilan jinsiy munosabatlar haqida gaplashish o‘ta muhim. Ehtimol, bu oson bo‘lmasligi mumkin. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nega ba’zi ota-onalar uchun farzandlari bilan jinsiy munosabatlar haqida gaplashish qiyin?

  • Qay yo‘sin ayrim ota-onalar farzandlari bilan jinsiy munosabatlar haqida suhbatlasha oldi?

Bashorat qilinganiday, Shaytonning dunyosi tobora razillashib boryapti. 2 Timo‘tiyga 3:1, 13 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • 13- oyatda tilga olingan ba’zi yomon insonlar bolalarning nomusiga tajovuz qiladi. Shunday ekan, ota-onalar farzandiga jinsiy tarbiya berishi va u o‘zini bunday insonlardan qay yo‘sin himoya qilishi kerakligini o‘rgatishi nega muhim?

Bilasizmi?

Yahovaning Shohidlari ota-ona farzandiga jinsiy tarbiya berishiga va uni jinsiy tajovuzdan himoya qilishiga ko‘maklashadigan adabiyotlar-u videolarni taqdim etmoqda. Misol uchun, quyidagilar:

6. Ota-onangizni hurmat qiling

Bolalar va o‘smirlar ota-onasini hurmat qilayotganini ularga qay tarzda gapirayotgani bilan ko‘rsatishi mumkin. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nega bola yoki o‘smir ota-onasi bilan hurmat ila gaplashishi o‘rinli?

  • Qanday qilib farzandlar ota-onasi bilan hurmat ila gaplasha oladi?

Hikmatlar 1:8 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Ota-ona farzandiga yo‘l-yo‘riq berganida, u bunga qanday munosabat bildirishi kerak?

7. Bir oila bo‘lib Yahovaga topining

Yahovaning Shohidlari har hafta muayyan vaqtni ajratib oilaviy topinish o‘tkazadi. Xo‘sh, oilaviy topinishni qanday o‘tkazsangiz bo‘ladi? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qanday qilib oila Yahovaga muntazam tarzda topina oladi?

  • Qay yo‘sin ota yoki ona oilaviy topinishni amaliy va qiziqarli qilib o‘tkaza oladi? (Mazkur darsning ochqich rasmiga qarang.)

  • Oilaviy topinishni o‘tkazishga sizga nima xalaqit berishi mumkin?

Qadimgi Isroilda Yahova oila a’zolar Muqaddas Yozuvlar haqida muntazam suhbatlashishini istagan. Qonunlar 6:6, 7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qay yo‘sin mazkur prinsipni qo‘llay olasiz?

Oilaviy topinish uchun tavsiyalar

  • Yig‘ilishlarga tayyorgarlik ko‘ring.

  • Muqaddas Kitobdan oilangizga qiziq bo‘ladigan biron parchani o‘qing va muhokama qiling.

  • Bolangiz kichik bo‘lsa, jw.org saytidan bolalar uchun mashg‘ulotlarni yuklab oling yoki chop eting.

  • Farzandingiz o‘smir bo‘lsa, jw.org saytidagi o‘smirlar uchun biron maqolani muhokama qiling.

  • Muqaddas Kitobdagi hikoyalarni farzandlaringiz bilan sahnalashtiring.

  • jw.org saytidan biron videoni tomosha qiling va muhokama qiling.

BA’ZILARNING FIKRI: «Muqaddas Kitob bolalarga og‘irlik qiladi».

  • Bu fikrga nima degan bo‘lardingiz?

XULOSA

Yahova ota-ona bolasini yaxshi ko‘rishini, tarbiyalashini va himoya qilishini; farzand esa ota-onasiga hurmat ko‘rsatishini, quloq solishini hamda oilalar Unga birgalikda topinishini istaydi.

Takrorlash

  • Qay yo‘sin ota-ona bolasiga tarbiya berib, uni himoya qila oladi?

  • Bola ota-onasini hurmat qilayotganini qanday ko‘rsatishi mumkin?

  • Har hafta oilaviy topinish uchun vaqt ajratishning qanday foydali tomonlari bor?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Qanday saboqlar farzandingizni balog‘at yoshiga tayyorlaydi?

«Bolalar uchun oltita saboq» («Uyg‘oning!» № 2 2019)

Keksa ota-onasiga g‘amxo‘rlik qiladiganlar uchun Muqaddas Kitobda qanday amaliy maslahatlar borligini bilib oling.

«Keksa ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilish borasida Muqaddas Kitobda nima deyilgan?» (Veb-maqola)

Farzandlarini qanday tarbiyalashni bilmagan bir kishi qay yo‘sin yaxshi ota bo‘la olganiga e’tibor bering.

«Oilamiz Yahovaning tarbiyasi bilan ulg‘aydi 5:58

Ota o‘g‘li bilan munosabatlarini qay yo‘sin mustahkamlay olishiga diqqat qarating.

«Otalar, qay yo‘sin o‘g‘lingiz bilan do‘st bo‘la olasiz?» («Qo‘riqchi minorasi» 1-noyabr, 2011)

a Muqaddas Kitobdagi «tarbiya» so‘zi bolaga noto‘g‘ri fikrlash tarzini yoki xulqini o‘zgartirishga ko‘maklashish, o‘rgatish va yo‘l-yo‘riq berishni anglatadi. Bu haqorat yoki zo‘ravonlik qilish kerakligini bildirmaydi. (Hikmatlar 4:1)