Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

51-DARS

Boshqalarga qilayotgan muomalangiz bilan Yahovani qanday mamnun qila olasiz?

Boshqalarga qilayotgan muomalangiz bilan Yahovani qanday mamnun qila olasiz?

Yahova bizni yaratganda, ajoyib in’omni taqdim etgan. Bu ham bo‘lsa gapirish qobiliyatidir. Qiziq, bu in’omdan qanday foydalanayotganimiz U uchun ahamiyatlimi? Bo‘lmasam-chi! (Yoqub 1:26 ni o‘qing.) Xo‘sh, qay yo‘sin boshqalar bilan Yahovaga yoqadigan tarzda muomala qilishimiz mumkin?

1. Gapirish kabi in’omdan qanday foydalanishimiz kerak?

Muqaddas Kitobda: «Bir-biringizga dalda berib, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang»,— deyilgan. (1 Salonikaliklarga 5:11) Sizningcha, kimlar daldaga muhtoj? Ular o‘zini yaxshi his qilishi uchun qanday yo‘l tutsangiz bo‘ladi? Ularni siz uchun muhim ekaniga ishontiring. Balki ularning qaysi taraflarini yoqtirishingizni aytarsiz yoki ularga dalda berishi mumkin bo‘lgan oyat haqida o‘ylab ko‘rarsiz. Tanlashingiz mumkin bo‘lgan oyatlar bisyor. Unutmangki, gaplarimiz boshqalarga kuchli ta’sir qilganiday, ularni qay tarzda aytishimiz ham kuchli ta’sirga ega. Shu bois, doim mehr va muloyimlik bilan gapirishga intiling. (Hikmatlar 15:1)

2. Qanday gapirmasligimiz kerak?

Muqaddas Kitobda: «Og‘zingizdan hech qanday yaramas so‘z chiqmasin»,— deb yozilgan. (Efesliklarga 4:29 ni o‘qing.) Bu degani, yomon so‘zlarni ishlatmaymiz yoki boshqalarning his-tuyg‘ularini o‘qdek jarohatlaydigan kinoyali gaplarni aytmaymiz. Shuningdek, g‘iybat va tuhmat qilmasligimiz kerak. (Hikmatlar 16:28 ni o‘qing.)

3. Gaplarimiz daldali bo‘lishiga nima yordam beradi?

Ko‘pincha gaplarimiz dilimizda nima borligini, xayolimizdan nima o‘tayotganini oshkor etadi. (Luqo 6:45) Shu bois, ijobiy — odillik, halollik, yoqimli va maqtovga sazovor — narsalarga diqqatimizni qaratishga o‘rganishimiz kerak. (Filippiliklarga 4:8) Buning uchun o‘yin-kulgi turlarini va do‘stlarni donolik ila tanlashimiz darkor. (Hikmatlar 13:20) Bu nima aytmoqchi ekanimizga diqqatli bo‘lish va ularni qanday aytish haqida o‘ylashga ham ko‘maklashadi. So‘zlaringiz boshqalarga qanday ta’sir qilishi borasida o‘ylab ko‘ring. Hikmatlar 12:18 da: «O‘ylamay aytilgan gap qilichday jarohatlaydi, dononing tili esa shifo beradi»,— deyilgan.

KO‘PROQ BILIB OLING

Qay yo‘sin Yahovaga yoqadigan va boshqalarga dalda beradigan tarzda gapirish to‘g‘risida bilib oling.

4. Nutqingizni nazorat qiling

Gohida barchamiz keyinchalik afsuslanishimiz mumkin bo‘lgan biron nima aytib qo‘yamiz. (Yoqub 3:2) Galatiyaliklarga 5:22, 23 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nutqingizni nazorat qilish uchun Xudodan qaysi fazilatlarni rivojlantirishni so‘rasangiz bo‘ladi? Ular sizga qanday yordam bera oladi?

1 Korinfliklarga 15:33 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Tanlagan do‘stlaringiz va o‘yin-kulgi turlari boshqalarga gapirish tarzingizga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Voiz 3:1, 7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qaysi paytni sukut saqlash yoki gapirish uchun yaxshiroq vaqt deb bilasiz?

5. Boshqalar haqida ijobiy gapiring

Qay yo‘sin boshqalarni yerga urishdan yoki ular haqida yomon gaplar aytishdan qocha olamiz? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, nega birodar boshqalar haqida gapirish tarzini o‘zgartirishni istadi?

  • O‘zgarish uchun u nima qildi?

Voiz 7:16 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Kimdir haqida salbiy gapirish vasvasasiga duch kelsak, nimani yodda tutishimiz lozim?

Voiz 7:21, 22 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qay yo‘sin ushbu oyatlar kimdir siz haqingizda salbiy gapirsa, jahl qilmaslikka yordam bera oladi?

6. Oila a’zolaringiz bilan muloyimlik ila gaplashing

Yahova oila a’zolarimiz bilan muloyimlik va sevgi ila gaplashishimizni xohlaydi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Oila a’zolaringiz bilan muloyimlik ila gaplashishga nima yordam beradi?

Efesliklarga 4:31, 32 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qanday gapirish tarzi oilamizni mustahkamlaydi?

Tangri Yahova O‘g‘li Isoga nisbatan nimani his qilganini aytgan. Matto 17:5 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Oila a’zolaringiz bilan gaplashganda qay yo‘sin Yahovaga taqlid qila olasiz?

Boshqalarni maqtash imkoniyatlarini izlang

BA’ZILARNING FIKRI: «Xayolimga kelganini gapiraman. Boshqalarga yoqmasa, bu ularning muammosi».

  • Bu fikrga qo‘shilasizmi? Nega?

XULOSA

So‘zlar kuchli ta’sirga ega. Shu bois, biz nima deyishni, qachon aytishni va qanday aytishni yaxshilab o‘ylab ko‘rishimiz kerak.

Takrorlash

  • Boshqalarga yordam berish uchun nutqimizdan qanday foydalana olamiz?

  • Qanday gapirish tarzidan qochishni istaysiz?

  • Nutqimiz doim muloyim hamda daldali bo‘lishiga nima ko‘maklashadi?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Ijobiy tarzda gapirishimizga nima yordam berishi mumkin?

«Tilingizdan donolik ila foydalaning» 8:04

Haqoratli so‘zlarni ishlatmaslikka nima yordam berishi mumkinligini bilib oling.

«Haqoratli so‘zlarni aytish yomonmi (Veb-maqola)

G‘iybat qilish tuzog‘iga tushib qolmaslikka nima yordam berishiga diqqat qarating.

«G‘iybatchiga sherik bo‘lmang!» 2:36

Bir kishiga haqoratli so‘zlardan foydalanmaslikka nima ko‘maklashganiga e’tibor bering.

«Hayotimning mazmuni borasida jiddiy o‘ylay boshladim» («Qo‘riqchi minorasi» 1-avgust, 2013)