Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

52-DARS

Nega kiyinishimiz va tashqi ko‘rinishimiz ahamiyatga ega?

Nega kiyinishimiz va tashqi ko‘rinishimiz ahamiyatga ega?

Barchamiz qanday kiyinishni va tashqi ko‘rinishimiz qanaqa bo‘lishini tanlay olamiz. Muqaddas Kitobdagi ba’zi prinsiplarni qo‘llasak, nafaqat shaxsiy istaklarimizga, balki Yahovani mamnun qilishga ham diqqat qaratamiz. Keling, mazkur prinsiplarning ba’zilariga e’tibor beraylik.

1. Qanday prinsiplar asosida kiyim va tashqi ko‘rinish borasida qaror chiqarish kerak?

«Munosib kiyim» tanlayotib, «or-nomus va fahm-farosat bilan» yo‘l tutishimiz lozim. Shuningdek, tashqi ko‘rinishimiz toza bo‘lsa, «xudotars» ekanimiz ko‘rinadi. (1 Timo‘tiyga 2:9, 10) Keling, quyidagi to‘rtta prinsipga nazar solaylik: 1. Kiyim «munosib» bo‘lishi darkor. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, yig‘ilishlarda Yahovaning xalqi turli uslubda kiyinadi. Lekin kiyim va soch turmagimiz Xudoga bo‘lgan ehtiromni aks ettiradi. 2. «Or-nomus» bilan kiyinish boshqa insonlarda shahvoniy hirsni qo‘zg‘atishdan va o‘ziga ko‘p e’tiborni jalb qilishdan qochishni bildiradi. 3. Urfga kirgan har qanday kiyinish uslubi yoki pardoz-andoz ortidan quvmaganimizda, «fahm-farosatli» ekanimizni ko‘rsatamiz. 4. Tashqi ko‘rinishimiz boshqalarga «xudotars» inson ekanimizni va haq Tangriga topinayotganimizni bildirib turishi darkor. (1 Korinfliklarga 10:31)

2. Tashqi ko‘rinishimiz imondoshlarimizga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Nima kiyishni tanlash o‘z ixtiyorimizda bo‘lsa-da, tashqi ko‘rinishimiz boshqalarga ta’sir qilishi borasida o‘ylash lozim. Hech kimni qoqintirishni xohlamaymiz, aksincha, «o‘z yaqinimizning foydasini ko‘zlab, uning mustahkamlanishi uchun ko‘nglini topishga» jon kuydiramiz. (Rimliklarga 15:1, 2 ni o‘qing.)

3. Qay yo‘sin tashqi ko‘rinishimiz boshqalarni haq topinishga jalb qiladi?

Har bir vaziyatga munosib kiyinishga intilsak-da, yig‘ilishlarga va xizmatga nima kiyayotganimiz borasida ayniqsa diqqatli bo‘lishimiz kerak. Tashqi ko‘rinishimiz tufayli odamlar xushxabardan chalg‘ishini istamaymiz. Aksincha, ko‘rinishimiz haqiqatni jozibali qilishi va «Qutqaruvchimiz Xudoning ta’limotini bezashi» mumkin. (Titusga 2:10)

KO‘PROQ BILIB OLING

Kiyim va tashqi ko‘rinishimiz masihiylarga xos ekaniga qay yo‘sin ishonch hosil qilishimiz mumkinligiga diqqat qarating.

Tashqi ko‘rinishimiz bilan hokimiyatga ega insonlarni hurmat qilayotganimizni yo qilmayotganimizni ko‘rsatishimiz mumkin. Yahova qalbimizni ko‘rib tursa-da, tashqi ko‘rinishimiz Uni hurmat qilayotganimizni ko‘rsatishi lozim

4. Tashqi ko‘rinishimiz munosib bo‘lsa, Yahovaga hurmat ko‘rsatamiz

Tashqi ko‘rinishimizga e’tiborli bo‘lishimizning eng muhim sababi nima? Zabur 47:2 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yahovaning vakili bo‘lganimiz kiyinish tarzimizga qanday ta’sir qilishi kerak?

  • Sizningcha, yig‘ilishlarga borishdan hamda va’zgo‘ylikka chiqishdan avval tashqi ko‘rinishimiz haqida o‘ylab ko‘rish oqilonami? Nega bunday fikrdasiz?

5. Kiyinish va tashqi ko‘rinish borasida to‘g‘ri qarorlar chiqarish

VIDEONI tomosha qiling.

Kiyimimiz qimmat bo‘ladimi yoki arzonmi, toza va muayyan vaziyatlarga munosib bo‘lishi kerak. 1 Korinfliklarga 10:24 va 1 Timo‘tiyga 2:9, 10 ni o‘qing. So‘ng quyidagilardan nega yiroqlashishimiz kerakligini muhokama qiling:

  • kir yoki haddan tashqari norasmiy kiyim,

  • tor, ochiq-sochiq yoki shahvoniy hirsni qo‘zg‘atadigan kiyim.

Musoning Qonuni ostida bo‘lmasak ham, undan Yahovaning fikrlash tarzini bilib olishimiz mumkin. Qonunlar 22:5 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega erkak kishining kiyinishi va tashqi ko‘rinishi ayolnikiga, ayolniki esa erkaknikiga xos bo‘lmasligi lozim?

1 Korinfliklarga 10:32, 33 va 1 Yuhanno 2:15, 16 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nega tashqi ko‘rinishimiz hududimizdagi yoki jamoatdagi ba’zilarni qoqintirishi mumkinligini inobatga olishimiz kerak?

  • Siz yashaydigan hududda kiyinish va tashqi ko‘rinishning qaysi uslublari keng tarqalgan?

  • Sizningcha, mazkur uslublardan ba’zilari masihiylarga munosib bo‘lmasligi mumkinmi? Nega bunday fikrdasiz?

Kiyim va tashqi ko‘rinishimiz har xil bo‘lsa ham, Yahovani mamnun qila olamiz

BA’ZILARNING FIKRI: «Xohlaganimday kiyinaman».

  • Bu fikrga qo‘shilasizmi? Nega?

XULOSA

Tashqi ko‘rinishimiz borasida to‘g‘ri qaror chiqarsak, Yahovani hamda boshqalarni hurmat qilayotganimizni ko‘rsatamiz.

Takrorlash

  • Nega kiyinishimiz hamda tashqi ko‘rinishimiz Yahova uchun muhim?

  • Tashqi ko‘rinish borasida qaror chiqarayotganda qaysi prinsiplarni inobatga olishimiz lozim?

  • Tashqi ko‘rinishimiz boshqalarning haq topinishga bo‘lgan munosabatiga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Boshqalar ust-boshingizni ko‘rganda, qanday fikrga borishi mumkinligiga e’tibor bering.

«Tashqi ko‘rinishim qanday?» (Veb-maqola)

Tatuirovka qilishdan avval o‘ylab ko‘rish nega oqilona ekanini bilib oling.

«Muqaddas Kitobda tatuirovkalar haqida nima deyilgan?» (Veb-maqola)

Qarorlarimizga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha prinsiplar haqida o‘ylab ko‘ring.

«Kiyinish tarzingiz Xudoni sharaflayaptimi?» («Qo‘riqchi minorasi» sentabr, 2016)

Samimiy ayolga tashqi ko‘rinish masalasida boshqalarning fikrini inobatga olishiga nima yordam berdi?

«Ularning kiyinishi va tashqi ko‘rinishi meni qoqintirgan» («Uyg‘oning!» 22-dekabr, 2003)