Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

57-DARS

Jiddiy gunohga qo‘l urganda

Jiddiy gunohga qo‘l urganda

Yahovani yaxshi ko‘rib, Uni ranjitadigan har qanday ishdan qochishga harakat qilsangiz ham ba’zida xatolar qilib turasiz. Ayrim gunohlar boshqalariga qaraganda jiddiyroq bo‘ladi. (1 Korinfliklarga 6:9, 10) Unutmangki, jiddiy gunohga qo‘l ursangiz, Yahova sizni sevishdan to‘xtamaydi, U sizni kechirishga va yordam berishga tayyor.

1. Yahova kechirishi uchun nima qilishimiz kerak?

Yahovani sevadiganlar jiddiy gunohga qo‘l urganini tushunganda, bundan pushaymon bo‘ladi. Lekin Yahova xizmatchilariga bergan quyidagi va’da ularga tasalli beradi: «Gunohlaringiz qirmizi matoday bo‘lsa-da, qorday oppoq bo‘ladi». (Ishayo 1:18) Chin dildan tavba qilsak, Yahova bizni butunlayin kechiradi. Xo‘sh, tavba qilganimizni qay yo‘sin ko‘rsatamiz? Ich-ichimizdan pushaymon bo‘lamiz, gunohni boshqa takrorlamaymiz va Yahovadan yolvorib kechirim so‘raymiz. So‘ng noto‘g‘ri fikrlash tarzimizni yoki gunohga yetaklagan odatlarimizni o‘zgartirishga jon kuydiramiz va Yahovaning pok me’yorlari bo‘yicha yashashga intilamiz. (Ishayo 55:6, 7 ni o‘qing.)

2. Gunoh qilganimizda, Yahova oqsoqollar orqali bizga qay yo‘sin yordam beradi?

Jiddiy gunoh qilsak, Yahova «jamoat oqsoqollarini chaqirishimizni» aytyapti. (Yoqub 5:14, 15 ni o‘qing.) Tayinlangan bu birodarlar Yahovani va Uning qo‘zichoqlarini sevadi. Ular Yahova bilan bo‘lgan munosabatlarimizni tiklashga yordam berish uchun ta’lim olgan. (Galatiyaliklarga 6:1)

Jiddiy gunoh qilib qo‘ysak, oqsoqollar bizga qanday qilib yordam bera oladi? Ikkita yoki uchta oqsoqol Kalomdagi oyatlardan foydalanib, qilgan ishimiz nega noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi. Qolaversa, gunohga yana qo‘l urmasligimizga yordam berish maqsadida ular bizga amaliy yo‘l-yo‘riq va maslahatlar beradi. Ma’nan tuzalmagunimizcha, ular jamoatdagi ba’zi vazifalarni bajara olmasligimiz borasida qaror chiqarishi mumkin. Jamoatni salbiy ta’sirdan himoyalash uchun ular jiddiy gunohga qo‘l urayotgan va tavba qilmayotgan har kimni jamoatdan chetlatadi.

KO‘PROQ BILIB OLING

Jiddiy gunohga qo‘l urganda, Yahova bizga beradigan yordam uchun minnatdorchiligingizni oshiring.

3. Iqror bo‘lish ma’nan tuzalishga yordam beradi

Har qanday gunoh Yahovani ranjitadi. Shu bois, bu haqda Unga aytishimiz kerak. Zabur 32:1–5 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega gunohlarimizni yashirishga harakat qilishdan ko‘ra, Yahovaning oldida ularni tan olish foyda keltiradi?

Yahovaning oldida gunohlarimizga iqror bo‘lishdan tashqari, oqsoqollardan yordam izlasak, o‘zimizni ancha yengil his qilamiz. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Videodagi Kanon Yahovaga qaytishi uchun oqsoqollar qay yo‘sin ko‘maklashdi?

Oqsoqollar bilan ochiqchasiga va rostgo‘ylik ila gaplashish lozim. Ular bizga yordam berishga tayyor. Yoqub 5:16 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Oqsoqollar bilan rostgo‘y bo‘lsak, qay yo‘sin ular bizga yaxshiroq yordam bera oladi?

Gunohingizga iqror bo‘ling, oqsoqollarga rostini ayting va Yahovaning yordamini qabul qiling

4. Jamoatdan chetlatilish kimlarga foyda keltiradi?

Kishi jiddiy gunohga qo‘l ursa va Yahovaning me’yorlariga amal qilishdan bosh tortsa, Yahovaning Shohidi bo‘la olmaydi. U jamoatdan chetlatiladi va biz u bilan hech qanday aloqa qilmaymiz yoki hatto gaplashmaymiz. 1 Korinfliklarga 5:6, 11 va 2 Yuhanno 9–11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Xamirturush xamirni oshirgani kabi tavba qilmagan gunohkor bilan muloqot qilish jamoatga qanday ta’sir qiladi?

Jamoatdan chetlatilgan ko‘plar keyinchalik jamoatga qaytgan. Nima uchun? Jamoatdan chetlatilish og‘riqli bo‘lsa ham, bu ularga noto‘g‘ri yo‘l tutganini tushunishga ko‘maklashgan. (Zabur 141:5) VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, jamoatdan chetlatilish Sonyaga qanday yordam berdi?

Jamoatdan chetlatilish qay yo‘sin...

  • Xudoning ismini ulug‘lamoqda?

  • Yahova mulohazakor va sevuvchi ekanini ko‘rsatmoqda?

5. Tavba qilsak Yahova kechiradi

Iso kimdir tavba qilsa, Yahova nimalarni his qilishini tushunishimizga ko‘maklashadigan misol keltirgan. Luqo 15:1–7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Bundan Yahova haqida nimani bilib olyapsiz?

Hizqiyo 33:11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Chin dildan tavba qilish nimani o‘z ichiga oladi?

Cho‘pon kabi, Yahova qo‘zichoqlariga g‘amxo‘rlik qilyapti

BA’ZILARNING FIKRI: «Oqsoqollarga qilgan gunohim to‘g‘risida aytishdan qo‘rqaman. Chunki jamoatdan chetlatishadi».

  • Bunday o‘ylayotgan insonga nima degan bo‘lardingiz?

XULOSA

Jiddiy gunoh qilib qo‘ygan bo‘lsak-da, chin dildan tavba qilsak va uni boshqa takrorlamaslikka jon kuydirsak, Yahova kechiradi.

Takrorlash

  • Nega Yahovaning oldida gunohlarimizga iqror bo‘lish yaxshi?

  • Gunohlarimiz kechirilishi uchun nima qilish lozim?

  • Jiddiy gunoh qilib qo‘ysak, nega yordam so‘rab oqsoqollarga murojaat qilish kerak?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Ishayo 1:18 da tasvirlangan Yahovaning rahm-shafqatini bir kishi o‘zida qanday his qilganini ko‘ring.

«Yahovaning rahm-shafqatidan shubhalanmang» 5:02

Kimdir jamoatdan chetlatilsa, qanday qilib bu hamma uchun foydali bo‘ladi?

«Nega jamoatdan chetlatilish sevgi ila ko‘rilgan chora?» («Qo‘riqchi minorasi» 15-aprel, 2015)

Jamoatdan chetlatish chorasi to‘g‘risida imondosh bo‘lmagan kishiga qanday tushuntirib berishingiz mumkinligini bilib oling.

«Ilgari Yahovaning Shohidi bo‘lganlardan o‘zlaringizni chetga olasizmi?» (Veb-maqola)

«Men Tangri Yahovaga qaytishim kerak edi» nomli tarjimai holda haqiqatdan uzoqlashgan kishi Yahova uni qaytarganini qanday his qilgani to‘g‘risida o‘qib ko‘ring.

«Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartiradi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-aprel, 2012)