Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

58-DARS

Yahovaga sodiq bo‘lib qoling

Yahovaga sodiq bo‘lib qoling

Masihning haqiqiy izdoshlari Yahova bilan bo‘lgan munosabatlariga hech kim yoki hech narsa zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy qaror qilgan. Shubhasizki, siz ham shunday fikrdasiz. Yahova sadoqatingizni qadrlaydi. (1 Solnomalar 28:9 ni o‘qing.) Qaysi vaziyatlarda Unga bo‘lgan sadoqatingiz sinalishi mumkin va sizga nima yordam beradi?

1. Qay yo‘sin odamlar Yahovaga bo‘lgan sadoqatimiz sinalishiga sababchi bo‘lishi mumkin?

Ba’zilar bizni Yahovaga xizmat qilishdan to‘xtatmoqchi bo‘ladi. Xo‘sh, kimlar bunday qilishi mumkin? Masalan, haqiqatdan yuz o‘girgan ba’zilar imonimizni barbod qilish maqsadida Xudoning tashkiloti to‘g‘risida yolg‘onlar tarqatadi. Bundaylar murtad deb ataladi. Shuningdek, ba’zi din rahbarlari biz haqimizda soxta ma’lumot tarqatadi. Ular bunday qilib ishonuvchan odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqchi. Bunday qarshi chiquvchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar, ular bilan bahslashish niyatida kitoblarini yo bloglarini o‘qish, veb-saytlariga kirish yoki videolarini tomosha qilish biz uchun xavflidir. Yahovaga sadoqat ila xizmat qilayotganlarning hafsalasini pir qilishga urinayotganlar haqida Iso quyidagicha degan: «Qo‘yaveringlar ularni. Ular ko‘r yo‘lboshchilardir. Agar ko‘r ko‘rni yetaklasa, ikkalasi ham chuqurga qulaydi». (Matto 15:14)

2. Qanday qilib shaxsiy qarorimiz Yahovaga bo‘lgan sadoqatimiz sinalishiga sabab bo‘lishi mumkin?

Yahovaga bo‘lgan sevgi soxta din bilan bog‘liq har qanday narsadan yiroqlashishimizga undaydi. Soxta din bilan bog‘liq joyda ishlashni, tashkilotga tegishli bo‘lishni yoki mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni istamaymiz. Yahova bizni quyidagicha ogohlantiryapti: «Ey xalqim,.. undan [Buyuk Bobildan] chiqib ket!» (Vahiy 18:2, 4)

KO‘PROQ BILIB OLING

Yahovaga bo‘lgan sadoqatingizga putur yetmasligi uchun nima qila olishingizni bilib oling. Qay yo‘sin Buyuk Bobildan chiqish orqali sadoqatli ekaningizni ko‘rsatish mumkinligiga ham e’tibor bering.

3. Soxta ustozlardan ehtiyot bo‘ling

Yahovaning tashkiloti haqida salbiy fikrlar eshitib qolsak, qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? Hikmatlar 14:15 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega eshitgan har bir narsaga ishonib ketishdan ehtiyot bo‘lishimiz kerak?

2 Yuhanno 9–11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Murtadlarga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?

  • Hatto murtadlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilmasak ham qanday qilib ularning ta’siriga tushib qolishimiz mumkin?

  • Sizningcha, Yahova yoki tashkilotimiz to‘g‘risidagi salbiy fikrlarga diqqat qaratsak, U nimalarni his qiladi?

4. Birodar gunoh qilib qo‘yganda, Xudoga sadoqatli bo‘lib qoling

Jamoatdan kimdir jiddiy gunoh qilganini bilib qolsak, qanday majburiyatga egamiz? Qadimgi Isroilga berilgan Xudoning qonunidagi prinsip borasida mulohaza yuritib ko‘ring. (Levilar 5:1 ni o‘qing.)

Bu oyatda aytilganiday, agar kimdir jiddiy gunohga qo‘l urganini bilib qolsak, buni oqsoqollarga yetkazishimiz kerak. Biroq bunday qilishdan oldin uni oqsoqollar oldiga borishga va gunohiga iqror bo‘lishga undasak, mehr ila yo‘l tutgan bo‘lamiz. U bunday yo‘l tutmasa, Yahovaga bo‘lgan sadoqatimiz tufayli oqsoqollarga bilganlarimiz haqida aytamiz. Bu qanday qilib...

  • Yahovaga bo‘lgan mehr-sadoqatimizni namoyon etadi?

  • gunoh qilgan kishiga nisbatan mehr-sadoqatimizni ko‘rsatadi?

  • jamoatdagilarga mehr-sadoqatimizni namoyon etadi?

Muammoga duch kelgan imondoshlarga ko‘maklashing

5. Buyuk Bobildan chiqib keting

Luqo 4:8 va Vahiy 18:4, 5 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Soxta din bilan bog‘liq urf-odatlarda haliyam qatnashyapmanmi?

  • Boshqa din bilan bog‘liq tashkilotga a’zomanmi?

  • Ishimda qaysidir yo‘l bilan soxta dinni qo‘llab-quvvatlayapmanmi?

  • Hayotimning qaysidir sohasida soxta dindan ajralishim kerakmi?

  • Bu savollarning birontasiga javobim «ha» bo‘lsa, qanday o‘zgarishlar qilishim kerak?

Ushbu barcha sohada vijdoningizni toza saqlaydigan hamda Yahovaga sadoqatli ekaningizni ko‘rsatadigan qaror chiqaring.

Diniy tashkilotlar tomonidan xayriya qilish so‘ralsa, qanday yo‘l tutasiz?

BA’ZILARNING FIKRI: «Haqiqatni himoya qilish uchun murtadlar Yahovaning Shohidlari haqida nimalar aytayotganini bilishim kerak».

  • Sizningcha, bu to‘g‘ri fikrmi? Nima uchun?

XULOSA

Yahovaga sodiq qolish uchun bizni adashtirishga urinadiganlar bilan muloqot qilishdan qochishimiz kerak.

Takrorlash

  • Nega murtadlarning fikrlarini eshitmasligimiz kerak?

  • Imondoshimiz jiddiy gunohga qo‘l urganidan xabar topsak, nima qilishimiz kerak?

  • Soxta dindan qochish borasidagi ogohlantiruvga qay yo‘sin quloq sola olamiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Yahovaning Shohidlari to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tarqatilganda qanday munosabatda bo‘lishingiz kerakligini bilib oling.

«Barcha dalillarni bilasizmi?» («Qo‘riqchi minorasi» avgust, 2018)

Biror tashkilot yoki faoliyat Buyuk Bobilni qo‘llab-quvvatlayotganini qanday aniqlay olasiz?

«“Oxirgi kunlarning” so‘ngida doim band bo‘ling» («Qo‘riqchi minorasi» oktabr, 2019, 16–18- xatboshilari)

Haqiqatga qarshi chiqqan ba’zilar imonimizni susaytirish uchun nima qilishga urindi?

«Aldanib qolishdan ehtiyot bo‘ling» 9:32

«Bolaligimdan Xudoni izlagan edim» nomli tarjimai holda sintoizm diniga mansub bo‘lgan bir ruhoniy soxta din bilan aloqasini uzgani haqida o‘qing.

«Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartiradi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-iyul, 2011)