Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

59-DARS

Ta’qiblarda sabr-bardoshli bo‘la olasiz

Ta’qiblarda sabr-bardoshli bo‘la olasiz

Ertami-kechmi barcha masihiylar qarshiliklarga, hatto ta’qiblarga duch keladi. Bu bizni qo‘rqitishi kerakmi?

1. Nega ta’qiblarga duch kelganda hayron qolmaymiz?

Muqaddas Kitobda aniq qilib: «Iso Masihning izdoshi sifatida xudojo‘y bo‘lib hayot kechirishni istaydigan barcha ta’qiblarga duchor bo‘ladi»,— deyilgan. (2 Timo‘tiyga 3:12) Iso Shaytonning dunyosiga tegishli bo‘lmagani uchun ta’qiblarga duch kelgan. Biz ham bu dunyoga tegishli emasmiz. Shu bois, hukumat va diniy tashkilotlar tomonidan ta’qiblarga duch kelganimizda hayron qolmaymiz. (Yuhanno 15:18, 19)

2. Ta’qiblarga qay yo‘sin tayyorlana olamiz?

Yahovaga bo‘lgan ishonchimizni hozirdan mustahkamlashimiz lozim. Har kuni Unga ibodat qilish va Kalomni o‘qish uchun vaqt ajrating. Yig‘ilishlarga muntazam qatnang. Bularning bari yordamida duch kelishingiz mumkin bo‘lgan har qanday ta’qiblarni yo hatto oila a’zolaringizning qarshiliklarini jasorat ila yengish uchun kerakli kuchga ega bo‘lasiz. Ko‘plab ta’qiblarga duch kelgan havoriy Pavlus: «Yahova mening yordamchim, men qo‘rqmayman»,— deb yozgan. (Ibroniylarga 13:6)

Shuningdek, muntazam va’z qilsak yanada jasoratli bo‘la olamiz. Va’z qilish Yahovaga tayanishimizga va odamlardan qo‘rqish kabi har qanday qiyinchilikda yordam bera oladi. (Hikmatlar 29:25) Hozirdan jasorat ila va’z qilishga o‘rgansangiz, hukumat faoliyatimizni taqiqlagan paytda ham va’z qilishga tayyor bo‘lasiz. (1 Salonikaliklarga 2:2)

3. Ta’qiblar ostida sabr-bardoshli bo‘lsak, qanday foyda olamiz?

Albatta, ta’qiblar bizni xursand qilmaydi, lekin ularda sabr-bardoshli bo‘lsak, imonimiz yanada mustahkamlanadi. Boshqa chiday olmayman, deb o‘ylaganimizda, Yahovaning yordamini his qilib, Unga yaqinroq bo‘lamiz. (Yoqub 1:2–4 ni o‘qing.) Azoblarimiz Yahovaga og‘ir botadi, ammo taslim bo‘lmayotganimizni ko‘rib U quvonadi. Muqaddas Kitobda: «Yaxshilik qilganingiz uchun azob chekib bunga chidasangiz, Allohning roziligini olasiz»,— deyilgan. (1 Butrus 2:20) Yahovaga sodiq qolsak, U bizga yangi dunyoda abadiy yashash mukofotini beradi. O‘shanda barcha Yahovaga xizmat qiladi va hech kim qarshilik ko‘rsatmaydi. (Matto 24:13)

KO‘PROQ BILIB OLING

Ta’qiblarga qaramay, Yahovaga sadoqatli qolishning imkoni borligini va bu mukofot keltirishini bilib oling.

4. Oilangizning qarshiliklariga sabr-bardosh qila olasiz

Iso ayrim oila a’zolarimiz Yahovaga topinishimizni qo‘llab-quvvatlamasligini yaxshi bilgan. Matto 10:34–36 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Kimdir Yahovaga xizmat qilishni tanlaganida, oila a’zolari bunga qanday munosabat ko‘rsatishi mumkin?

Buning misolini ko‘rish uchun VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qarindoshingiz yoki do‘stingiz Yahovaga xizmat qilishga to‘sqinlik qilsa, qanday yo‘l tutasiz?

Zabur 27:10 va Mark 10:29, 30 ni o‘qing. Har bir oyatni o‘qigandan so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Oilangiz yoki do‘stlaringiz sizni ta’qib qilsa, bu va’da sizga qanday yordam berishi mumkin?

5. Ta’qiblarga qaramay, Yahovaga topinishda davom eting

Yahovaga xizmat qilishga xalaqit berishganda, ortga chekinmaslik uchun jasoratli bo‘lishimiz kerak. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Videodagi misollar sizga qay yo‘sin kuch baxsh etyapti?

Havoriylar 5:27–29 va Ibroniylarga 10:24, 25 ni o‘qing. Har bir oyatni o‘qigandan so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega va’zgo‘ylik faoliyatimiz yoki birga yig‘ilishimiz taqiqlanganida ham Yahovaga topinishda davom etish muhim?

6. Yahova sabr-bardosh qilishingizga ko‘maklashadi

Yoshi hamda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan Yahovaning Shohidlari quvg‘unlar paytida ham Yahovaga sadoqat ila xizmat qilishda davom etmoqda. Ularga nima yordam berayotganini ko‘rish uchun VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, Yahovaning Shohidlariga sabr-bardosh qilishga nima yordam berdi?

Rimliklarga 8:35, 37–39 va Filippiliklarga 4:13 ni o‘qing. Har bir oyatni o‘qigandan so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Bu oyatga ko‘ra, har qanday qiyinchilik ostida sabr-bardosh qila olishingizga sizni nima ishontiryapti?

Matto 5:10–12 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Ta’qiblarga qaramay, nega baxtli bo‘la olasiz?

Yahovaning millionlab xizmatchilari quvg‘unlarga qaramay, sadoqat ila xizmat qilyapti. Bu sizning ham qo‘lingizdan keladi!

BA’ZILARNING FIKRI: «Men ta’qiblarda sabr-bardoshli bo‘la olmayman».

  • Bunday fikrda bo‘lganlarga ishonch baxsh etadigan qanday oyatlarni keltira olasiz?

XULOSA

Ta’qiblarga qaramay, Yahovaga xizmat qilganimizda, U buni qadrlaydi. Uning yordami bilan muvaffaqiyat ila sabr-bardosh qila olamiz.

Takrorlash

  • Nega masihiylar ta’qiblarga duch kelayotganidan hayron qolmaydi?

  • Qay yo‘sin ta’qiblarga hozirdan tayyorgarlik ko‘ra olasiz?

  • Har qanday qiyinchilikda ham Yahovaga xizmat qila olishingizga nima ishonch baxsh etishi mumkin?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Yosh birodarimiz betarafligi uchun qamoqqa tushganida, sabr-bardosh qilishiga Yahova qanday yordam berganiga diqqat qarating.

«Ta’qiblarga qaramay, sabr-bardoshli bo‘ling» 2:34

Bir juftlikka quvg‘unlarga qaramay sadoqat ila xizmat qilishga nima yordam berganini tomosha qiling.

«O‘zgargan vaziyatlarga qaramay, Yahovaga xizmat qilish» 7:11

Qanday qilib ta’qiblarda jasoratli bo‘lishingiz mumkinligini bilib oling.

«Ta’qiblarga hozirdanoq tayyorlaning» («Qo‘riqchi minorasi» iyul, 2019)

Oilamiz tomonidan qarshiliklarga duch kelganda, bunga qanday nuqtai nazarda bo‘lishimiz kerak? Paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni qay yo‘sin yenga olamiz?

«Haqiqat “tinchlik emas, qilich” keltiradi» («Qo‘riqchi minorasi» oktabr, 2017)