Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

60-DARS

Ma’nan o‘sishda davom eting

Ma’nan o‘sishda davom eting

Muqaddas Kitobni tadqiq qilish davomida Yahova haqida ancha narsalarni bilib oldingiz. Bu Yahovani qattiq sevishingizga yordam berdi. Ehtimol, bu o‘zingizni Unga bag‘ishlab, suvga cho‘mishingizga undagandir. Agar bunday bo‘lmasa, bu qadamni yaqin kelajakda qo‘yish to‘g‘risida o‘ylayotgandirsiz. Ammo suvga cho‘mgach ham Yahova bilan do‘stona munosabatlaringizni mustahkamlashda davom etasiz. Unga toabad yaqinlasha olasiz. Qanaqasiga?

1. Nega Yahova bilan do‘stligingizni mustahkamlashdan to‘xtamaslik kerak?

Yahova bilan bo‘lgan munosabatlarimizni mustahkamlashda davom etish uchun jon kuydirish lozim. Bunday qilib, Undan «uzoqlashib ketmaymiz». (Ibroniylarga 2:1) Yahovaga sadoqat ila xizmat qilishga nima yordam berishi mumkin? Va’zgo‘ylik ishi bilan band bo‘lish va Tangrimizga ko‘proq xizmat qilishning boshqa yo‘llarini izlash ko‘maklashadi. (Filippiliklarga 3:16 ni o‘qing.) Yahovaga xizmat qilish hayotimizdagi eng zo‘r qaror. (Zabur 84:10)

2. Yana nima qilishda davom etishingiz lozim?

Tadqiqimiz yakunlanayotgan bo‘lsa-da, Masihning izdoshi sifatida yashashda davom eting. Kalomda aytilganiday, «yangi o‘zlikni kiyib olishimiz» kerak. (Efesliklarga 4:23, 24) Uni tadqiq qilishda davom etsangiz va yig‘ilishlarga borsangiz, Yahova hamda Uning fazilatlari haqida yangi narsalarni bilib olasiz. Hayotingizning qaysi sohalarida Xudoning shaxsiyatiga ko‘proq taqlid qilishingiz mumkinligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Yahovani quvontirish uchun kerakli o‘zgarishlarni qilishdan to‘xtamang.

3. Ma’nan o‘sishingizga Yahova qanday ko‘maklashadi?

Muqaddas Kitobda: «Alloh... sizlarga to‘liq ta’lim berib, sizlarni mustahkam va kuchli qilib qo‘yadi»,— deyilgan. (1 Butrus 5:10) Barchamiz vasvasalarga duch kelamiz. Biroq ularni rad etish uchun Yahova bizga kerakli narsalarni taqdim etyapti. (Zabur 139:23, 24) Yahova Unga sadoqat ila xizmat qilishingiz uchun sizda ham istak uyg‘otishini, ham kuchli qilib qo‘yishini va’da qilyapti. (Filippiliklarga 2:13 ni o‘qing.)

KO‘PROQ BILIB OLING

Qanday qilib ma’nan o‘sishda davom etishingiz mumkinligini va Yahova sizga qanday barakalar berishini bilib oling.

4. Eng yaqin do‘stingiz bilan muloqot qilishni kanda qilmang

Ibodat va tadqiq yordamida Yahovaning do‘sti bo‘ldingiz. Bunday qilishni davom ettirish Yahovaga yanada yaqinlashishingizga qanday yordam beradi?

Zabur 62:8 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahova bilan bo‘lgan do‘stligingizni mustahkamlash uchun qay yo‘sin ibodatlaringizning sifatini yaxshilay olasiz?

Zabur 1:2 va izohni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahova bilan do‘stligingizni rivojlantirish uchun qanday qilib Muqaddas Kitobdan ko‘proq foyda olishingiz mumkin?

Shaxsiy tadqiqdan ko‘proq foyda olish uchun sizga nima yordam berishi mumkin? Yo‘llarini bilish uchun VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videodagi qaysi maslahatlarni qo‘llamoqchisiz?

  • Qaysi mavzular borasida tadqiq o‘tkazmoqchisiz?

5. Ma’naviy maqsadlar qo‘ying

Yahovaning xizmatida maqsadlar qo‘yish ma’nan o‘sishda davom etishingizga ko‘maklashadi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, ma’naviy maqsadlar qo‘yish Kameronga qanday foyda keltirdi?

Hamma ham boshqa mamlakatda xizmat qilish uchun u yerga bora olmasligi mumkin. Biroq barchamiz erishish mumkin bo‘lgan maqsadlar qo‘ya olamiz. Hikmatlar 21:5 ni o‘qing, so‘ng qanday maqsadlar qo‘yishingiz mumkinligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring:

  • jamoatda,

  • va’zgo‘ylik xizmatida.

Bu oyatdagi prinsip maqsadlaringizga erishishga qanday yordam beradi?

Quyidagi maqsadlarga qarang:

  • Ibodatlarning sifatini yaxshilash.

  • Muqaddas Kitobni to‘liq o‘qib chiqish.

  • Jamoatdagi hamma bilan yaqindan tanishish.

  • Tadqiq boshlash va uni o‘tkazish.

  • Ko‘makchi yoki doimiy kashshof bo‘lish.

  • Birodar bo‘lsangiz, jamoat xizmatkori bo‘lishga intilish.

6. Hayotdan toabad zavqlaning!

Zabur 22:26 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Hayotdan hozir va toabad zavqlanish uchun nima qila olasiz?

XULOSA

Yahova bilan munosabatlaringizni mustahkamlashda va ma’naviy maqsadlar qo‘yishda davom eting. Shunda hayotdan hozir va toabad zavqlanasiz!

Takrorlash

  • Nega Yahova Unga sadoqat ila xizmat qilishingizga yordam berishiga ishonishingiz mumkin?

  • Qanday qilib Yahova bilan do‘stona munosabatlaringizni mustahkamlay olasiz?

  • Ma’naviy maqsadlar qo‘yish Yahova bilan yaqinroq bo‘lishingizga qay yo‘sin yordam beradi?

Maqsad qo‘ying

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Yahova qaysi birini ko‘proq qadrlaydi: bir marta sadoqatli bo‘lishnimi yoki butun umr Unga sodiq bo‘lishnimi?

«Ibrohim kabi sadoqatli bo‘ling» 9:20

Yahovaning hatto sodiq xizmatchisi ham quvonchini yo‘qotishi hech gap emas. Qay yo‘sin yana quvonchga ega bo‘lish mumkinligiga diqqat qarating.

«Tadqiq va mulohaza yordamida yana quvonchga ega bo‘ling» 5:25

Qay yo‘sin maqsadlar qo‘yib, ularga erisha olasiz?

«Ma’naviy maqsadlar qo‘yib, Yaratuvchini sharaflang» («Qo‘riqchi minorasi» 15-iyul, 2004)

Nega ma’nan yetuk bo‘lish muhim va qanday qilib bunga erishsa bo‘ladi?

«Yahovaning ulug‘ kuni yaqin ekan, “kamolotga intilaylik”» («Qo‘riqchi minorasi» 15-may, 2009)