Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish


Muqaddas Kitob asosidagi bu suhbatlardan qay yo‘sin foyda olish mumkin?

Muqaddas Kitob asosidagi bu suhbatlardan qay yo‘sin foyda olish mumkin?

Avval kirish qismini ko‘rib chiqing, so‘ng VIDEONI tomosha qiling.

BIRINCHI QISM

Har bir xatboshini, jumladan, yo‘g‘on harflar bilan ajratib yozilgan savollarni (A) va oyatlarni (B) o‘qing, so‘ng esa asosiy fikrlarni belgilang. Ayrim oyatlar «o‘qing» deb belgilanganiga e’tibor bering.

IKKINCHI QISM

«Ko‘proq bilib oling» (D) qismida nima haqida gap ketishi tushuntiriladi. Sarlavhalar (E) muhokama qilinadigan fikrlardan iborat. Oyatlarni o‘qing, savollarga javob bering va videolarni tomosha qiling.

VIDEO ramkalarda matnga qo‘shimcha sifatida keltirilgan video va audioyozuvlarni topasiz. Ayrim videolar hayotiy voqealarga asoslangan. Boshqalarida esa yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar sahnalashtirilgan.

Rasmlarni va ularga keltirilgan sharhlarni ko‘rib chiqing (F). «Ba’zilarning fikri» qismini muhokama qiling (G).

UCHINCHI QISM

Darsda «Xulosa» va «Takrorlash» (H) keltirilgan. Dars yakunlangan sanani yozing. «Maqsad» (I) qismida siz uchun biron vazifa yoziladi. «Qo‘shimcha manbalar» (J) qismida o‘qishingiz yoki tomosha qilishingiz mumkin bo‘lgan turlicha ma’lumot keltirilgan.

Oyatlarni Muqaddas Kitobdan qanday topish mumkin?

Muqaddas Kitob 66 ta kichik kitobdan iborat. U ikki qismga ajratilgan: Ibroniycha-oromiycha yozuvlar («Eski ahd») va Yunoncha yozuvlar («Yangi ahd»).

Ushbu adabiyotda oyat keltirilganda, bu Muqaddas Yozuvlardagi kitobning nomi (A), sano yoki bob (B) va oyat yoki oyatlarga (D) ishora qiladi.

Masalan, Zabur 25:2 da Zabur — kitobning nomi, sano yoki bob raqami 25, oyat raqami esa 2.