Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

So‘zboshi

So‘zboshi

«Kundalik hayotimiz uchun ilohiy prinsiplar» nomli adabiyotdan foydalanib, duch kelayotgan qiyinchiliklaringiz bilan kurashishga yordam beradigan Muqaddas Kitobdagi oyatlar va bayonotlarni osongina topa olasiz. Qolaversa, bu adabiyot yordamida boshqalarga dalda berib, Yahovaga sharaf keltiradigan qarorlar chiqarishlariga turtki beradigan Muqaddas Kitobdagi parchalarni topa olasiz. Sizga qiziq bo‘lgan mavzuni tanlang. Har bir mavzuda yordam beradigan savollar va Muqaddas Kitob bayonotlariga qisqacha tavsif bor. (Shuningdek, « Bu adabiyotdan qanday foydalanish mumkin?» nomli ramkaga qarang.) Xudoning Kalomidan siz uchun foydali maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar va tasalli beradigan oyatlarni toping. Bundan tashqari, boshqalar bilan bo‘lisha oladigan xazinalarni — ularning ruhini ko‘taradigan, muammolarni yengishga yordam beradigan maslahatlar va tasalli bo‘ladigan Muqaddas Kitobdagi oyatlarni — topa olasiz.

Mazkur adabiyotda ko‘rib chiqilayotgan mavzuga oid barcha oyatlar keltirilmagan. Lekin bu izlanish o‘tkazishingiz uchun yaxshi boshlanish bo‘la oladi. (Hk 2:1–6) Ko‘proq bilish uchun ba’zi tillarda mavjud bo‘lgan «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»ning tadqiq nashridan hamda o‘xshash oyatlardan foydalaning. «Yahovaning Shohidlari izlanish olib borishi uchun qo‘llanma» va ko‘p tillardagi «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati nashrlarining ko‘rsatkichi»dan foydalanib oyatlarning ma’nosi ustida chuqurroq tadqiq o‘tkaza olasiz. So‘nggi adabiyotlarimiz yordamida oyatlarni qanday tushunayotganimizni va Muqaddas Kitobdagi oydinlashgan ta’limotlarni bilib olasiz.

Iloyim, «Kundalik hayotimiz uchun ilohiy prinsiplar» nomli adabiyot Muqaddas Kitobdagi tushunchalar, donolik va bilimga ega bo‘lishingizga ko‘maklashsin. Bu adabiyotdan foydalanar ekansiz, «Xudoning kalomi jonli bo‘lib, kuchli ta’sirga ega» ekaniga bo‘lgan ishonchingiz har qachongidan ham ko‘proq mustahkamlanadi. (Ibr 4:12)