Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Tasalli

Tasalli

Ruhimiz tushganida Muqaddas Kitobdan tasalli topish

Xavotirlar

«Xavotirlanish» mavzusiga qarang

Achchiqlanish; gina

Ba’zilar ko‘p muammolar va adolatsizliklar dastidan xursandchiligini yo‘qotishgan

Vz 9:11, 12

Shuningdek, Zb 142:4; Vz 4:1; 7:7 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Rt 1:11–13, 20. Ikkita o‘g‘lining o‘limidan qayg‘uga botgan va beva qolgan Naima o‘zini Yahova uni tashlab ketgandek his qilgan

    • Ayub 3:1, 11, 25, 26; 10:1. Ayub sog‘ligi, boyligi va o‘nta farzandini yo‘qotganidan joni og‘rigan

  • Tasalli beradigan oyatlar

  • Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):

Boshqalarning bemehr munosabati dastidan ba’zilar alamzada bo‘lishadi

Vz 4:1, 2

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 1:6, 7, 10, 13–16. Xanna Paninnaning bemehr munosabatidan va oliy ruhoniy Elax uni mast deb o‘ylaganidan qattiq xafa bo‘lgan

    • Ayub 8:3–6; 16:1–5; 19:2, 3. Ayubning uchta soxta yupatuvchisi o‘zlarini odil deb hisoblashgan va Ayubni hukm qilishgan. Buning dastidan u o‘zini yanada yomon his qilgan

  • Tasalli beradigan oyatlar:

  • Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):

    • 1Shh 1:9–11, 18. Xanna yuragidagini Yahovaga to‘kib sochgani dardiga malhamdek bo‘lgan

    • Ayub 42:7, 8, 10, 17. Ayub kechirimlilik ruhini namoyon etganida, Yahova uning sog‘ligini tiklagan va yana quvonch ato etgan

Kuchli aybdorlik hissi

Ezr 9:6; Zb 38:3, 4, 8; 40:12

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 4Shh 22:8–13; 23:1–3. Shoh Hizqiyo va xalqqa Musoning Qonunini baland ovozda o‘qib berishganida, ular kuchli aybdorlikni his qilishgan

    • Ezr 9:10–15; 10:1–4. Ba’zilar Yahovaning irodasiga qarshi borib, boshqa xalqlar bilan oila qurishgani dastidan ruhoniy Ezra va xalq kuchli aybdorlikni his qilishgan

    • Lq 22:54–62. Havoriy Butrus Isoni bilishidan uch marta tonganidan keyin o‘zini aybdor his qilib, qattiq qayg‘uga botgan

  • Tasalli beradigan oyatlar:

  • Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):

    • 2Sl 33:9–13, 15, 16. Manashe Yahudo shohlari orasida eng yomoni bo‘lgan. Lekin u tavba qilgan va unga rahm-shafqat ko‘rsatilgan

    • Lq 15:11–32. Iso darbadar o‘g‘ilning misolida Yahova butunlay kechirishga tayyor ekanini ko‘rsatgan

Boshqalar hafsalamizni pir qilishganda, ozor yetkazganda yoki xiyonat qilganda ruhimiz tushadi

O‘z kamchiliklarimiz va gunohimiz dastidan hafsalamiz pir bo‘ladi

O‘z qadrimiz haqida shubhalar

«Shubhalar» mavzusiga qarang

Muammoga duch kelganda yoki vazifaga tayinlanganda o‘ziga nisbatan ishonchsizlik

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Chq 3:11; 4:10. Muso payg‘ambarga fir’avnga gapirishi va Xudoning xalqini Misrdan olib chiqishi kerakligi aytilganida, u o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni his qilgan

    • Yerm 1:4–6. Yeremiyo o‘jar xalqqa Yahovaning payg‘ambari sifatida xizmat qilish uchun o‘zini juda yosh va tajribasiz hisoblagan

  • Tasalli beradigan oyatlar:

  • Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):

    • Chq 3:12; 4:11, 12. Yahova Muso payg‘ambarni vazifasini bajarishda yordam berishiga ishontirgan

    • Yerm 1:7–10. Yahova Yeremiyo payg‘ambarga qo‘rqmaslikni va qiyin vazifalarni bajarishda unga yordam berishini aytgan

Hasad; rashk

«Hasad» mavzusiga qarang

Kasallik yoki yosh o‘tgani tufayli imkoniyatlarning chegaralanishi

Zb 71:9, 18; Vz 12:1–7

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 4Shh 20:1–3. Shoh Hizqiyo kasalligi o‘limga olib borishini bilgani uchun qattiq yig‘lagan

    • Flp 2:25–30. Epafrodit jamoat uning kasal ekani haqida eshitganida ruhi tushgan. U jamoatdagilar «Epafrodit vazifasini bajara olmadi» deb o‘ylashidan xavotirlangan

  • Tasalli beradigan oyatlar:

  • Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):

    • 2Shh 17:27–29; 19:31–38. Sadoqatli Borzulayni yuqori qadrlashgan, lekin yoshi o‘tgani tufayli u yangi vazifani qabul qilmagan

    • Zb 41:1–3, 12. Shoh Dovud jiddiy kasal bo‘lgan bo‘lsa-da, Yahova unga yordam berishiga amin edi

    • Mrk 12:41–44. Iso kambag‘al beva ayolni xayr-ehsoni uchun maqtagan. Chunki u o‘zida borini bergan

Boshqalarning yomon munosabati tufayli uzoq vaqt davomida hissiy og‘riqdan azob chekish

«Yomon munosabat» mavzusiga qarang

Noo‘rin qo‘rquv; vahima

«Qo‘rquv» mavzusiga qarang

Ta’qiblar

«Ta’qiblar» mavzusiga qarang