Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Hafsala pir bo‘lganda; umidlar puchga chiqqanda

Hafsala pir bo‘lganda; umidlar puchga chiqqanda

Boshqalar bizga pand berganda, ozor yetkazganda yoki xiyonat qilganda ruhimiz tushadi

Zb 55:12–14; Lq 22:21, 48

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 8:1–6. Isroil xalqi Shomuil payg‘ambardan shoh tayinlashni so‘raganida, u bundan ranjigan va hafsalasi pir bo‘lgan

    • 1Shh 20:30–34. Yo‘natanning otasi shoh Shoul undan g‘azablangan edi. Bu Yo‘natanga qattiq botgan va u o‘zini kamsitilgandek his qilgan

  • Tasalli beradigan oyatlar:

  • Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):

    • Zb 55:12–14, 16–18, 22. Shoh Dovudga yaqin do‘stlaridan biri Oxito‘fel xiyonat qilgan. Ammo u tashvishini Yahovaga tashlagan va tasalli topgan

    • 2Tm 4:16–18. Pavlus sinovga duch kelganida hamma uni tark etdi. Lekin Pavlus Yahova va U taqdim etayotgan umid tufayli kuchga to‘lgan

O‘z kamchiliklarimiz va gunohimiz dastidan hafsalamiz pir bo‘ladi

Ayub 14:4; Rm 3:23; 5:12

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Zb 51:1–5. Shoh Dovud Yahovaga qarshi gunoh qilgani tufayli chuqur g‘amga botgan

    • Rm 7:19–24. Havoriy Pavlus nomukammal tanasi bilan doim kurashgani dastidan ruhi tushgan

  • Tasalli beradigan oyatlar:

  • Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonot(lar):

    • 3Shh 9:2–5. Garchi shoh Dovud bir nechta juda jiddiy gunoh qilgan bo‘lsa-da, Yahova uni benuqson inson deb bilgan

    • 1Tm 1:12–16. O‘tmishda og‘ir gunoh qilganiga qaramay, havoriy Pavlus unga rahm-shafqat ko‘rsatilishiga amin bo‘lgan