Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Qayg‘u

Qayg‘u

Odam o‘lganida qayg‘uga botish tabiiy ekanini Muqaddas Kitobdagi qaysi misollar ko‘rsatyapti?

Yahova qayg‘u chekayotganlarga tasalli berishni istashini qayerdan bilamiz?

O‘lganlarning holati haqida bilish bizga qanday tasalli berishi mumkin?

Vz 9:5, 10; 1Sal 4:13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Lq 20:37, 38. Iso o‘lganlar Xudoning nazarida go‘yoki tirik ekanini aytib, tirilish albatta yuz berishini tushuntirgan

    • Yuh 11:5, 6, 11–14. Qadrli do‘sti Lazar vafot etganida, Iso o‘limni uyqu bilan solishtirgan

    • Ibr 2:14, 15. Havoriy Pavlus o‘limdan qo‘rqish tuzog‘iga tushmasligimiz kerakligini tushuntirgan

Nega odam tug‘ilgan kunidan ko‘ra, o‘lganida Yahova uchun yanada qadrliroq bo‘ladi?

Muqaddas Kitobda o‘lim haqida nima deyilgan va Xudo o‘lim bilan nima qiladi?

Nima uchun kelajakda tirilish bo‘lishiga aminmiz?

Isha 26:19; Yuh 5:28, 29; Hv 24:15

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Muqaddas Kitobda to‘qqizta tirilish haqida aytilgan, ulardan sakkiztasi yer yuzida yashash uchun tiriltirilgan. Yaqinini yo‘qotganidan qayg‘u chekayotganlar uchun tirilish borasidagi har bir bayonot tasalli va kelajakka umid baxsh etadi

      • 3Shh 17:17–24. Ilyos payg‘ambar Sidon shahrida zorafatlik beva ayolning o‘g‘lini tiriltirgan

      • 4Shh 4:32–37. Elishay payg‘ambar Shunam shahrida bir bolani tiriltirgan va uni ota-onasiga qaytargan

      • 4Shh 13:20, 21. O‘lgan kishining jasadi Elishay payg‘ambarning suyaklariga tekkanida, o‘sha kishi tirilgan

      • Lq 7:11–15. Nain shahrida Iso beva ayolning qabrga qo‘yishga olib ketilayotgan o‘g‘lini hayotga qaytargan

      • Lq 8:41, 42, 49–56. Iso ibodatxona boshlig‘i bo‘lgan Yairning qizchasini tiriltirgan

      • Yuh 11:38–44. Iso qadrli do‘sti Lazarni hayotga qaytargan va u singillari bilan yana birga bo‘lgan

      • Hv 9:36–42. Havoriy Butrus yaxshi ishlari bilan tanilgan qadrli masihiy ayol Dorkani tiriltirgan

      • Hv 20:7–12. Havoriy Pavlus derazadan yiqilib tushgan Yevtix ismli yigitni tiriltirgan

    • Iso Masih o‘lmas ruhiy shaxs bo‘lib tiriltirilgani kelajakdagi umidlarimiz amalga oshishining garovidir

    • Iso samoviy hayot uchun tiriltirilgan va o‘lmaslikka ega bo‘lgan birinchi shaxs edi; undan keyin uning 144 000 ta moylangan izdoshi ham xuddi shunday tirilish umidiga ega bo‘ldi

Yaqini hayotdan ko‘z yumganidan qayg‘urayotganlarga qanday yordam bera olamiz?