Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Faxriy unvonlar

Faxriy unvonlar

Masihiylar faxriy diniy unvonlardan foydalanishlari kerakmi?

Yuh 5:41

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Lq 18:18, 19. Garchi Iso yaxshi inson bo‘lsa-da, barcha yaxshi narsalar Yahovadan ekanini aytib, «Valine’mat Ustoz» degan unvonni qabul qilishdan bosh tortgan

Nega masihiylar odamlarga Ota yoki Yo‘lboshchi kabi diniy unvonlarni qo‘llab murojaat qilishmaydi?

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 23:9–12. Iso «Ota» yoki «Yo‘lboshchi» kabi unvonlar bilan atalishni taqiqlagan

    • 1Kr 4:14–17. Havoriy Pavlus ko‘plar uchun ota kabi bo‘lgan bo‘lsa-da, hech qayerda u Ota Pavlus yoki shunga o‘xshash unvonlar bilan atalganini o‘qimaymiz

Nega masihiylar o‘zaro aka-uka va opa-singillarday munosabatda bo‘lishlari o‘rinli?

Mt 23:8

Shuningdek, Hv 12:17; 18:18; Rm 16:1 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 12:46–50. Iso imondoshlari uning ma’naviy aka-ukalari-yu opa-singillari ekanini aniq ko‘rsatgan

Nima uchun masihiylar dunyoviy va siyosiy rahbarlarga, shuningdek, sudya va boshqa davlat xodimlariga ularning unvoni bilan murojaat qilishlari o‘rinli bo‘ladi?

Rm 13:1, 7; 1Btr 2:17

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 26:1, 2, 25. Havoriy Butrus Agrippa va Fest kabi dunyoviy rahbarlarga ularning unvonlari bilan murojaat qilgan