Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Kamtarinlik

Kamtarinlik

Yahova kamtar va mag‘rur insonlarga nisbatan qanday nuqtai nazarda?

Zb 138:6; Hk 15:25; 16:18, 19; 22:4; 1Btr 5:5

Shuningdek, Hk 29:23; Isha 2:11, 12 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 2Sl 26:3–5, 16–21. Shoh Uzziyo mag‘rurlanib ketgan. Unga maslahat berilganda u g‘azablanib Xudoning qonunini buzgan. Oqibatda Xudo uni moxov kasalligiga yo‘liqtirgan

    • Lq 18:9–14. Iso kamtar va mag‘rur odam ibodat qilganda Yahova qanday fikrda bo‘lishini masal orqali tushuntirgan

Yahova chin dildan tavba qilgan kamtar kishiga qanday javob beradi?

2Sl 7:13, 14; Zb 51:2–4, 17

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 2Sl 12:5–7. Shoh Raxabom va Yahudo beklari o‘zlarini Yahovaning oldida kamtar tutishgani uchun, Yahova ularning boshiga halokat keltirmagan

    • 2Sl 32:24–26. Yaxshi shoh Hizqiyo mag‘rurlanib ketgan. Ammo u o‘zini kamtar tutganida Yahova uni kechirgan

Qanday qilib kamtar bo‘lish boshqalar bilan munosabatimizni yaxshilashga yordam beradi?

Ef 4:1, 2; Flp 2:3; Kls 3:12, 13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 33:3, 4. Yoqub ilgari g‘azablangan akasi Esov bilan o‘rtalaridagi tinchlikni tiklash uchun kamtarinlik ko‘rsatgan

    • Hak 8:1–3. Hakam Gido‘n kamtarlik ila Efrayim erkaklariga ular undan ustunroq ekanini aytgan; shu yo‘sin ularni g‘azabdan tushirib, kelishmovchilikning oldini olgan

Qanday qilib Iso Masih kamtarin bo‘lishni o‘rgatgan?

Mt 18:1–5; 23:11, 12; Mrk 10:41–45

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Isha 53:7; Flp 2:7, 8. Bashorat qilinganidek Iso yer yuzidagi vazifasini kamtarlik ila qabul qilgan. U og‘riqli va haqoratli o‘limni qabul qilishga tayyor bo‘lgan

    • Lq 14:7–11. Iso bazmda o‘tirish uchun joy tanlash haqidagi masaldan foydalanib, kamtarlik qanchalik muhim ekanini ko‘rsatgan

    • Yuh 13:3–17. Iso xizmatkorlar bajargan ishni qilgan, ya’ni shogirdlarining oyog‘ini yuvib ularga kamtarinlik borasida o‘rnak qoldirgan

Qanday qilib o‘zimizga va boshqalarga nisbatan to‘g‘ri nuqtai nazarni rivojlantirish kamtar bo‘lishimizga yordam beradi?

Nega soxta kamtarinlik foydasiz?