Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Keksalik; yoshi kattalar

Keksalik; yoshi kattalar

Yoshimiz o‘tgani sayin nima bo‘ladi?

Zb 71:9; 90:10

Shuningdek, «Tasalli. Kasallik yoki yosh o‘tgani tufayli imkoniyatlarning chegaralanishi» mavzusiga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Vz 12:1–8. Shoh Sulaymon yosh o‘tgani sayin kelib chiqadigan zaifliklarni, masalan, ko‘rish («derazadan qaragan xonimlar qorong‘ilikni ko‘radi») va eshitish («qo‘shiqchi qizlar ovozi bazo‘r eshitiladi») qobiliyatining pasayishini she’riy uslubda tasvirlagan

Qanday qilib keksalar qiyinchiliklarga va yosh o‘tgani tufayli paydo bo‘ladigan cheklovlarga qaramay, quvonchni saqlay olishadi?

2Kr 4:16–18; Yoq 1:2–4

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 12:2, 23. Keksa Shomuil payg‘ambar Xudoning xalqi uchun ibodat qilishda davom etish qanchalik muhim ekanini bilgan

    • 2Shh 19:31–39. Shoh Dovud uni sadoqat ila qo‘llab-quvvatlagan keksa Borzulaydan minnatdor bo‘lgan. Undan kuchidan ortig‘ini qilishni so‘rashganda u imkoniyatlari chegaralanganini kamtarlik ila tan olgan

    • Zb 71:9, 18. Shoh Dovud keksaygani tufayli Yahova undan foydalanmasligidan qo‘rqqan. Shu bois, Dovud Yahovaga yolvorib, U haqda kelgusi avlodga ta’lim bera olishi uchun kuch so‘ragan

    • Lq 2:36–38. Keksa beva payg‘ambar Anna xudojo‘yligi va sadoqatli xizmati uchun mukofotlangan

Qay yo‘sin Yahova yoshi kattalarni Uning nazarida qadrli ekanliklariga ishontiryapti?

Zb 92:12–14; Hk 16:31; 20:29; Isha 46:4; Tit 2:2–5

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 12:1–4. Ibrohim 75 yoshda bo‘lganida Yahovadan hayotini o‘zgartirgan vazifa olgan

    • Dn 10:11, 19; 12:13. Farishta yoshi 90 dan oshgan Doniyor payg‘ambarning oldiga kelib, u Yahova uchun aziz inson ekaniga va sadoqati uchun kelajakda mukofotlanishiga ishontirgan

    • Lq 1:5–13. Yoshi o‘tgan Zakariyo va Elisabetga Yahova mo‘jizaviy tarzda o‘g‘il — Yahyoni ato etib baraka bergan

    • Lq 2:25–35. Yahova keksa Shimo‘nni bo‘lajak Masihni ko‘rish sharafi bilan mukofotlagan; Shimo‘n ilohiy ilhom ostida bu chaqaloq haqida bashorat qilgan

    • Hv 7:23, 30–36. Yahova Isroil xalqi ustidan boshchilik qilishni Muso payg‘ambarga ishonib topshirganida u 80 yoshda bo‘lgan

Yoshi katta sadoqatli kishilarga qanday munosabatda bo‘lish kerak?

Lv 19:32; 1Tm 5:1

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 45:9–11; 47:12. Yusuf keksa otasi Yoqubni olib kelish uchun odam yuborgan va unga o‘limiga qadar g‘amxo‘rlik qilgan

    • Rt 1:14–17; 2:2, 17, 18, 23. Rut keksa yoshdagi Naimani so‘zlari va ishlari bilan qo‘llab-quvvatlagan

    • Yuh 19:26, 27. Iso azob ustunida o‘layotganida onasiga g‘amxo‘rlik qilishni sevimli havoriysi Yuhannoga ishonib topshirgan

Qaysi amaliy yo‘llar orqali masihiylar jamoatdagi yoshi kattalarga yordam bera olishadi?