Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Nozirlar

Nozirlar

Jamoat oqsoqollari qaysi talablarga mos kelishlari kerak?

Yana qaysi sohalarda oqsoqollar yaxshi o‘rnak bo‘lishlari lozim?

Jamoat xizmatkorlari qaysi talablarga mos kelishlari kerak?

Birodarlar oqsoqollar sifatida tayinlanganida muqaddas ruh qanday ahamiyatga ega?

Hv 20:28

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 13:2–5; 14:23. Ko‘chma nozir bo‘lgan Pavlus va Barnabo turli jamoatlarda mas’uliyatli birodarlarni tayinlashgan. Bugungi kunda ham tuman nozirlari xuddi shunday qilishadi. Buning uchun ular muqaddas ruh so‘rab ibodat qilishadi va ilohiy ilhom ostida yozilgan Kalomga qat’iy amal qilishadi. Bu Kalomda nozirlar uchun talablar keltirilgan

    • Tit 1:1, 5. Titusga turli jamoatlarga tashrif buyurib, oqsoqollarni tayinlash vazifasi topshirilgan

Jamoat kimga tegishli va u nimaning evaziga sotib olingan?

Nima uchun nozirlar boshqalarga xizmat qiladigan kishilar sifatida tilga olinishgan?

Nega oqsoqollar kamtarin bo‘lib qolishlari kerak?

Flp 1:1; 2:5–8; 1Sal 2:6–8; 1Btr 5:1–3, 5, 6

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 20:17, 31–38. Havoriy Pavlus efeslik oqsoqollarga ular uchun nimalar qilganini eslatgan. Ular Pavlusga minnatdorchilik bildirishgan

Oqsoqollar «ishonchli va aqlli xizmatkor»ning yo‘l-yo‘riqlariga qanday nuqtai nazarda bo‘ladi?

Oqsoqollar uchun boshqalarga ta’lim berishning eng a’lo yo‘li qanday?

1Tm 4:12; 1Btr 5:2, 3

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Nax 5:14–16. Hokim Naximiyo Yahovani chuqur hurmat qilgani uchun Xudoning xalqi ustidan hokimiyatini suiiste’mol qilishni istamagan va haqqi bo‘lgan narsadan bosh tortgan

    • Yuh 13:12–15. Iso kamtarin bo‘lishda o‘rnak ko‘rsatib izdoshlariga ta’lim bergan

Qay yo‘sin oqsoqol jamoatning har bir a’zosiga sevgi ila g‘amxo‘rlik qila oladi?

Qanday qilib oqsoqollar ma’nan kasallarga yordam beradi?

Oqsoqollar ta’lim berganda qanday mas’uliyatga ega?

Nima uchun oqsoqollar jamoatni axloqan pok saqlashga diqqatli bo‘lishlari lozim?

Oqsoqollar qaysi ta’limni berishda faol ishtirok etishadi?

2Tm 2:1, 2

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 10:5–20. Iso 12 ta havoriysini va’zgo‘ylikka yuborishdan avval ularga ta’lim bergan

    • Lq 10:1–11. Iso 70 ta shogirdini va’zgo‘ylikka yuborishdan oldin ularga yaxshilab yo‘l-yo‘riqlar bergan

Oqsoqollarga ko‘pgina mas’uliyatlarini bajarishga nima yordam beradi?

1Btr 5:1, 7

Shuningdek, Hk 3:5, 6 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 3Shh 3:9–12. Shoh Sulaymon Xudoning xalqiga hakamlik qilish uchun ibodatda aql-idrok va donolik so‘ragan

    • 2Sl 19:4–7. Shoh Yohushafat Yahudo shaharlarida hakamlarni tayinlagan va u hakamlarni bunday muhim vazifani bajarishda Yahova ular bilan bo‘lishiga ishontirgan

Jamoat sadoqatli oqsoqollarga qanday nuqtai nazarda bo‘lishi kerak?

1Sal 5:12, 13; 1Tm 5:17; Ibr 13:7, 17

Shuningdek, Ef 4:8, 11, 12 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 20:37. Efeslik oqsoqollar havoriy Pavlusga bo‘lgan sevgisini ko‘rsatishdan uyalishmagan

    • Hv 28:14–16. Havoriy Pavlus Rimga yo‘l olganida, o‘sha shahardagi birodarlar Appiya bozori maydonida u bilan ko‘rishish uchun taxminan 65 kilometr yo‘l bosib kelishgan va unga katta dalda berishgan