Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Xushxabarni va’z qilish

Xushxabarni va’z qilish

Nega Isoning haqiqiy izdoshlari boshqalarga e’tiqodi haqida aytishadi?

Xushxabarni va’z qilish Iso uchun qanchalik muhim bo‘lgan?

Lq 8:1; Yuh 18:37

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Lq 4:42–44. Iso yer yuziga va’z qilish uchun yuborilganini aytgan

    • Yuh 4:31–34. Iso xushxabarni va’z qilish ishi u uchun yegulikdek ekanini aytgan

Faqatgina jamoatda mas’uliyatga ega kishilar va’z qilishi kerakmi?

Zb 68:11; 148:12, 13; Hv 2:17, 18

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 4Shh 5:1–4, 13, 14, 17. Isroillik qizcha No‘monning xotiniga Yahovaning payg‘ambari Elishay haqida aytgan

    • Mt 21:15, 16. Yosh bolalar Isoni madh etishganda, oliy ruhoniylar va din ulamolari bundan g‘azablanishgan. Iso bo‘lsa ularni tuzatgan

Oqsoqollar xushxabarni va’z qilish va boshqalarga ta’lim berishda qanday o‘rinni egallashadi?

Qanday qilib Yahova va Iso va’z qilishimizga ko‘maklashishadi?

2Kr 4:7; Flp 4:13; 2Tm 4:17

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 16:12, 22–24; 1Sal 2:1, 2. Garchi havoriy Pavlus va uning hamrohlari adolatsiz munosabatga duch kelishgan bo‘lsa-da, Xudoning yordami bilan jasorat ila va’z qilishda davom etishgan

    • 2Kr 12:7–9. G‘ayratli va’zgo‘y bo‘lgan havoriy Pavlus «bir dard»dan, ehtimol, jismoniy kasallikdan azob chekkan bo‘lishi mumkin. Bunga qaramay, Yahova va’zgo‘ylik ishini davom ettira olishi uchun unga kuch bergan

Masihiylarga va’z qilish huquqini kim bergan?

1Kr 1:26–28; 2Kr 3:5; 4:13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Yuh 7:15. Isoning yurtdoshlari u diniy maktabda o‘qimagan bo‘lsa-da, ko‘p bilimga ega ekanidan hayratlanishgan

    • Hv 4:13. Isoning havoriylarini oddiy va o‘qimagan odamlar deb bilishgan. Ammo ular g‘ayratli va gapga chechan va’zgo‘y bo‘lishgan

Boshqalarga va’z qilishimiz va ta’lim berishimiz uchun Yahova bizga ta’lim berishni istashini qayerdan bilamiz?

Mrk 1:17; Lq 8:1; Ef 4:11, 12

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Isha 50:4, 5. Masih yer yuziga kelishidan oldin shaxsan Tangri Yahovadan ta’lim olgan

    • Mt 10:5–7. Iso yer yuzida bo‘lganida shogirdlariga va’z qilishni sabr ila o‘rgatgan

Xushxabarni va’z qilish topshirig‘imizga qanday nuqtai nazarda bo‘lishimiz kerak?

Va’zgo‘ylik ishi masihiyga qanday ta’sir qiladi?

Va’zgo‘ylik ishi qaysi xabarlarni o‘z ichiga oladi?

Nima uchun masihiylar soxta ta’limotlarni fosh qilishadi?

2Kr 10:4, 5

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mrk 12:18–27. Iso Yozuvlar asosida muzokara qilib, sadduqiylar tirilish borasida yanglish fikrda ekanini isbotlagan

    • Hv 17:16, 17, 29, 30. Havoriy Pavlus afinaliklar bilan muzokara qilib, butparastlik noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatgan

Va’zgo‘ylik faoliyatini qanday olib boramiz?

Nima uchun ommaviy joylarda va’z qilamiz?

Xizmatimiz sabr-toqat va qat’iylikni talab qilishini nimadan ko‘rsak bo‘ladi?

Va’zgo‘ylik ishi qanday yaxshi natijalar keltiradi?

Nega har fursatda shohidlik berishga tayyor bo‘lishimiz kerak?

1Kr 9:23; 1Tm 2:4; 1Btr 3:15

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Yuh 4:6, 7, 13, 14. Iso charchagan bo‘lishiga qaramay, quduq oldidagi samariyalik ayol bilan xushxabarni bo‘lishgan

    • Flp 1:12–14. Havoriy Pavlus imoni uchun qamoqqa tashlangan bo‘lsa-da, bu vaziyatdan shohidlik berish va boshqalarga dalda berish imkoniyati sifatida foydalangan

Har bir kishi xabarimizni eshitishini kutishimiz kerakmi?

Yuh 10:25, 26; 15:18–20; Hv 28:23–28

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Yerm 7:23–26. Yahova Yeremiyo payg‘ambar orqali xalqi U yuborgan payg‘ambarlarga quloq solishni qayta-qayta rad etganini tushuntirgan

    • Mt 13:10–16. Iso Ishayoning davridagidek ko‘plar xabarni eshitishi, lekin rad etishini aytgan

Nega ko‘plarning eshitishga vaqti yo‘qligidan hayron qolmaymiz?

Ba’zilar boshida xushxabarni tinglashi va qabul qilishi, lekin keyinchalik davom ettirmasligini qayerdan bilamiz?

Ba’zilar va’zgo‘ylik faoliyatimizga qarshi chiqqanida qaysi misollar hayron qolmasligimizga yordam beradi?

Va’zgo‘ylik ishida qarshilikka duch kelganimizda bunga qanday munosabatda bo‘lamiz?

Nega ba’zilar xushxabarni ijobiy qabul qilishiga aminmiz?

Xushxabarni va’z qilayotganlar Xudoning oldida qanday jiddiy mas’uliyatga ega?

Nega barcha dindagi, irqdagi va millatdagi odamlarga va’z qilishimiz kerak?

Haftaning har qanday kunida, jumladan, Shabbat kuni va’z qilish o‘rinlimi?

Qaysi misollar barchaga, hatto Muqaddas Kitobi bor va dindor bo‘lganlarga ham va’z qilish kerakligini ko‘rsatyapti?