Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bo‘ydoqlik; boshi ochiqlik

Bo‘ydoqlik; boshi ochiqlik

Nega oila qurmaslikni hadya desa bo‘ladi?

Nega oila qurmagan masihiyga oilali bo‘lishga bosim o‘tkazish noto‘g‘ri bo‘lardi?

1Kr 7:28, 32–35; 1Sal 4:11

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Rm 14:10–12. Havoriy Pavlus imondoshni hukm qilish nima uchun noto‘g‘ri ekanini tushuntirgan

    • 1Kr 9:3–5. Havoriy Pavlus oila qurishga haqli bo‘lgan, ammo bo‘ydoq qolgani tufayli diqqatini xizmatga qarata olgan

Oila qurmaganlar «Baxtga erishish uchun oilali bo‘lish lozim» deb o‘ylashlari kerakmi?

1Kr 7:8

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hak 11:30–40. Yiftoxning qizi turmushga chiqmagan va mazmunli hayot kechirgan

    • Hv 20:35. Masihning so‘zlaridan u oila qurmagan bo‘lsa-da, boshqalarga bergani uchun baxtli bo‘lganini ko‘rsa bo‘ladi

    • 1Sal 1:2–9; 2:12. Bo‘ydoq bo‘lgan havoriy Pavlus xizmatda quvonchni his qilgani va yaxshi natijalarga erishgani bilan bo‘lishgan

Nima uchun oila qurmaganlar Xudoning barcha xizmatchilari kabi axloqan pok qolishlari lozim?

1Kr 6:18; Gl 5:19–21; Ef 5:3, 4

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hk 7:7–23. Shoh Sulaymon axloqsiz ayolning tuzog‘iga ilingan yigitni qanday ayanchli oqibatlar kutayotganini aytgan

    • Qo‘sh 4:12; 8:8–10. Shunamlik qiz axloqan pok qolgani uchun uni maqtashgan

Qanday vaziyatlarda turmush qurmagan kishi nikoh haqida o‘ylab ko‘rsa, donolikdan bo‘lardi?

1Kr 7:9, 36

Shuningdek, 1Sal 4:4, 5 ga qarang