Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Ish

Ish

Ish va quvonch o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Ishni sifatli va mahorat ila bajarishni o‘rganishning qanday foydali tomonlari bor?

Hk 22:29

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 1Shh 16:16–23. Yosh Dovud mahoratli musiqachi degan nomga ega bo‘lgan; u chalgan musiqa Isroil shohining qalbiga xotirjamlik keltirgan

    • 2Sl 2:13, 14. Xiram-Abi mahoratli usta bo‘lgani uchun ulkan qurilish loyihasida shoh Sulaymon undan foydalangan

Yahovaning xizmatchilari ularni qanday ishchilar sifatida bilishlarini istashadi?

Ef 4:28; Kls 3:23

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 24:10–21. Rivqo Ibrohimning xizmatkoriga so‘raganidan ham ko‘prog‘ini qilib, yordam berishga tayyor ekanini va mehnatsevarlik ruhini ko‘rsatgan

    • Flp 2:19–23. Yosh Timo‘tiy og‘ir mehnat qilishga va kamtarlik ila boshqalarga xizmat qilishga tayyor bo‘lgani uchun havoriy Pavlus unga mas’uliyatli vazifani ishonib topshirgan

Nima uchun Xudoning xizmatchilari yalqovlik bilan bog‘liq har qanday moyillikka qarshi kurashishadi?

Hk 13:4; 18:9; 21:25, 26; Vz 10:18

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hk 6:6–11. Og‘ir mehnat qilish va yalqovlikdan qochish borasida saboq berish uchun shoh Sulaymon chumolining misolini keltirgan

Nega ehtiyojlarimizga g‘amxo‘rlik qilish uchun jon kuydirib ishlashimiz kerak?

Nega qaramog‘imizda bo‘lgan oila a’zolarga g‘amxo‘rlik qilish uchun mehnat qilishimiz lozim?

1Tm 5:8

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Rt 1:16, 17; 2:2, 3, 6, 7, 17, 18. Yosh beva ayol Rut qaynanasi Naimaga g‘amxo‘rlik qilish uchun bel bog‘lab mehnat qilgan

    • Mt 15:4–9. Ilohiy xizmatini bahona qilib ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilishdan bosh tortganlarni Iso qoralagan

Nima uchun ishlab biron nimaga ega bo‘lganimizda, uni boshqalar bilan baham ko‘rishimiz kerak?

Pul topishga nisbatan qanday nuqtai nazarda bo‘lishimiz kerak?

Yahova ishimizni yaxshi bajarishimiz va moddiy ehtiyojlarimizga g‘amxo‘rlik qilishimiz uchun bizga yordam berishni istashini qayerdan bilamiz?

Mt 6:25, 30–32; Lq 11:2, 3; 2Kr 9:10

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibt 31:3–13. Lobon kuyovi va xizmatchisi Yoqubga adolatsizlarcha munosabatda bo‘lgan, ammo Yahova Yoqub og‘ir mehnat qilayotganini ko‘rgan va unga barakalar bergan

    • Ibt 39:1–6, 20–23. Yusuf Po‘tifarning uyida qul bo‘lganida va zindonga tashlanganida, Yahova uning ishlariga baraka bergan

Nega ishimiz hech qachon Xudoga qilayotgan xizmatimizdan muhimroq bo‘lib qolmasligi kerak?

Zb 39:5–7; Mt 6:33; Yuh 6:27

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Lq 12:15–21. Iso moddiy boylik yig‘ishni ma’naviy boylik to‘plashdan ustunroq qo‘yish ahmoqlik ekanini ko‘rsatish uchun masal keltirgan

    • 1Tm 6:17–19. Havoriy Pavlus boy masihiylarni mag‘rurlikka berilish xavfidan ogohlantirib, «ezgu ishlari bilan» boyishga undagan

Ish tanlaganimizda, qaysi prinsiplar bizni yo‘naltirishi kerak?

Yahova uchun mehnat qilish

Masihiylar qatnashishi mumkin bo‘lgan eng muhim ish qaysi?

Nega Yahovaga o‘zimizda bor eng a’losini berib xizmat qilishga tayyormiz?

Nima uchun Yahovaning xizmatida barcha bir xil natijaga erishishini kutmasligimiz kerak?

Gl 6:3–5

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 25:14, 15. Isoning masalidan u barcha izdoshlari xizmatda bir xil natijaga erishishini kutmasligini ko‘rsak bo‘ladi

    • Lq 21:2–4. Iso muhtojlikda bo‘lgan beva ayol qilgan ozginagina xayr-ehsonni juda qadrlashini mehr ila aytgan

Yahovaning xizmatida bizga topshirilgan vazifani bajarish uchun qayerdan kuch olamiz?

2Kr 4:7; Ef 3:20, 21; Flp 4:13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 2Tm 4:17. Havoriy Pavlus kerak bo‘lganida u muhtoj bo‘lgan kuchni olganini aytgan

Nima uchun Yahovaning xizmatida sidqidildan mehnat qilish quvonch keltiradi?

Zb 40:8; Yuh 13:17; Yoq 1:25

Shuningdek, Mt 25:23 ga qarang