Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

152-QO‘SHIQ

Shoningni taratadigan bino

Shoningni taratadigan bino

(3 Shohlar 8:27; 1 Solnomalar 29:14)

  1. 1. Na yer, na osmon sig‘dirolmas

    Seni, Tangrimiz Yahova.

    Lek mavjuddir muqaddas ruhing

    Bu mo‘jazgina binoda.

    Senga shu yerda topingaymiz,

    Yurgaymiz nuring ostida.

    Yakdillik ila xizmat qilish

    Ko‘p quvonch keltirgay bizga.

    (O‘TISH)

    Senga eng a’losin

    Saxiylik-la bergaymiz.

    Bizda bor narsalar

    Erur Seniki, Alloh.

    (NAQAROT)

    Sendan, Yahova, minnatdormiz,

    Berding ajoyib maskanni.

    Orziqib kutgandik bu paytni,

    Madh etgaymiz shunga Seni.

  2. 2. Alloh, shoningni taratgaydir

    Ushbu topinish markazi.

    Shu yerda xalqing xizmat qilib,

    Tanitgaydir elga Seni.

    Bizga bu bino asqatgaydir

    Iso topshirgan xizmatda.

    Bajarib uni g‘ayrat ila,

    Intilgaymiz faqat olg‘a.

    (O‘TISH)

    Senga eng a’losin

    Saxiylik-la bergaymiz,

    Sen bunga munosibsan,

    Ey himmatli Alloh.

    (NAQAROT)

    Sendan, Yahova, minnatdormiz,

    Berding ajoyib maskanni.

    Orziqib kutgandik bu paytni,

    Madh etgaymiz shunga Seni.