Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

SUHBAT BOSHLASH

1-DARS

Boshqalarga qiziqish ko‘rsatish

Boshqalarga qiziqish ko‘rsatish

Prinsip: «Sevgi... o‘z manfaatini ko‘zlamaydi». (1 Kor. 13:4, 5)

Iso nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Yuhanno 4:6–9 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Iso ayol bilan suhbat boshlashdan oldin nimalarni kuzatgan?

  2. b) Iso shunday dedi: «Menga ichgani suv bering». Nima uchun suhbatni bunday boshlash samarali bo‘lgan?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Agar suhbatni insonlarga qiziq bo‘lgan mavzudan boshlasak, samarali suhbat qurish ehtimoli ko‘payadi.

Isoga taqlid qiling

3. Moslashuvchan bo‘ling. Faqat o‘zingiz tayyorlab kelgan mavzuda suhbat boshlashga yopishib olmang. Suhbatni bugungi kunda boshqalar nima haqida o‘ylayotgani bilan boshlang. O‘zingizga quyidagi savollarni berib ko‘ring:

  1. a) «Yangiliklarda nima gaplar?»

  2. b) «Qo‘shnilarim, hamkorlarim yoki sinfdoshlarim nimalar haqida gapirishyapti?»

4. Kuzatuvchan bo‘ling. O‘zingizga quyidagi savollarni berib ko‘ring:

  1. «Inson ayni paytda nima bilan mashg‘ul? U nima haqida o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin?»

  2. «Insonning kiyimi, tashqi ko‘rinishi yoki uyi uning e’tiqodi va madaniyati haqida nimalarni oshkor qilyapti?»

  3. «Hozir inson bilan gaplashish uchun qulay paytmi?»

5. Tinglang.

  1. a) Ko‘p gapirmang.

  2. b) Insonni fikrini bildirishga undang. O‘rinli bo‘lganda savollar bering.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: