Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

SUHBAT BOSHLASH

2-DARS

Tabiiylik

Tabiiylik

Prinsip: «Inson to‘g‘ri javobi tufayli quvonadi. O‘z vaqtida aytilgan so‘z qanchalik yaxshi!» (Hik. 15:23)

Filip nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Havoriylar 8:30, 31 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Filip suhbatni qanday boshladi?

  2. b) Kishiga yangi haqiqatni o‘rgatish uchun nega suhbatni bunday tarzda boshlash tabiiy bo‘lardi?

Filipdan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Agar suhbatni tabiiy olib borsak, inson o‘zini bemalol his qiladi hamda bo‘lishayotgan xabarimizga nisbatan fikrini aytishga ko‘proq moyil bo‘ladi.

Filipga taqlid qiling

3. Kuzatuvchan bo‘ling. Kishining yuz ifodasi va xatti-harakatlari u haqda ko‘p narsani ayon qiladi. Inson biz bilan gaplashgisi kelyaptimi? «... haqida eshitganmisiz?» deya oddiy savol berib Muqaddas Kitobdan biron narsa aytib berishingiz mumkin. Suhbatlashgisi kelmayotgan insonni gaplashishga majburlashdan qoching.

4. Sabrli bo‘ling. «Muqaddas Kitobdagi haqiqatni o‘sha zahoti aytishim kerak» degan fikrdan qoching. Haqiqatni tabiiy tarzda aytish uchun qulay fursatni kuting. Ba’zida kelasi safargi suhbatgacha kutishga to‘g‘ri kelar.

5. Moslashuvchan bo‘ling. Suhbat siz kutmagan mavzuga o‘tib ketishi mumkin. Garchi siz Muqaddas Kitobdagi boshqa haqiqat to‘g‘risida aytishni o‘ylagan bo‘lsangiz-da, inson uchun muhim bo‘lgan mavzu haqida gaplashishga tayyor bo‘ling.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: