Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

SUHBAT BOSHLASH

3-DARS

Mehribonlik

Mehribonlik

Prinsip: «Sevgi... mehribondir». (1 Kor. 13:4)

Iso nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Yuhanno 9:1–7 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Iso avval nima qildi: ko‘r odamga shifo berdimi yoki u bilan xushxabarni bo‘lishdimi? (Yuhan. 9:35–38 ga qarang.)

  2. b) Nega Isoning yondashuvi tufayli o‘sha kishi xushxabarni tinglashga moyil bo‘lgan?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Agar kishi biz u bilan qiziqayotganimizni his qilsa, bo‘lishayotgan xabarimizni tinglashga ko‘proq moyil bo‘ladi.

Isoga taqlid qiling

3. Hamdard bo‘ling. Odamning his-tuyg‘ularini tushunishga harakat qiling.

  1. a) O‘zingizga quyidagi savollarni berib ko‘ring: «U nimalar haqida tashvishlanayotgan bo‘lishi mumkin? Nima unga yordam berishi yoki qalbiga ta’sir qilishi mumkin?» Bunday savollar ustida o‘ylash mehribon va samimiy bo‘lishingizga ko‘maklashadi.

  2. b) Kishini tinglash orqali u uchun muhim bo‘lgan narsalar bilan qiziqayotganingizni ko‘rsatasiz. Bordi-yu, odam biron nima borasidagi fikrini yoki muammosini aytsa, unda o‘sha mavzuda suhbatlashing.

4. Xushmuomalalik va hurmat ila gapiring. Kishiga hamdard bo‘lib, unga chindan ham yordam berishni istasangiz, bu gapirish tarzingizda aks etadi. So‘zlaringizga va ovoz ohangingizga diqqatli bo‘ling va odamni ranjitib qo‘yadigan gaplardan qoching.

5. Yordam berishga tayyor bo‘ling. O‘rinli bo‘lsa, kishiga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘llarini izlang. Mehribonlik ko‘rsatib suhbat boshlanishiga zamin yaratasiz.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: