Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

SUHBAT BOSHLASH

5-DARS

Xushmuomalalik

Xushmuomalalik

Prinsip: «So‘zlaringiz doimo yoqimli... bo‘lsin». (Kolos. 4:6)

Pavlus nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Havoriylar 17:22, 23 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Pavlus Afinadagi butparastlikni ko‘rib, nimalarni his qilgan? (Havor. 17:16 ga qarang.)

  2. b) Pavlus afinaliklarni qoralamay, qay yo‘sin ularning e’tiqodini inobatga olib, xushmuomalalik ila xushxabarni bo‘lishdi?

Pavlusdan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Nima deyishni va uni qay yo‘sin hamda qachon aytishni donolik ila tanlasak, odamlar bizni tinglash ehtimoli ko‘payadi.

Pavlusga taqlid qiling

3. So‘zlaringizni ehtiyotkorlik ila tanlang. Masalan, Muqaddas Kitob bilan notanish bo‘lgan yoki unga ishonmaydigan odam bilan suhbatlashganda, Kalomga yoki Isoga qanday ishora qilishni moslashtirishingiz kerak bo‘ladi.

4. Kishini tuzatishga shoshilmang. Fikrini bemalol aytishiga yo‘l qo‘ying. Muqaddas Kitob ta’limotiga zid biron nima aytsa, bahslashmang. (Yoqb. 1:19) Uni tinglash orqali e’tiqodini va nega bunga ishonishini tushuna olasiz. (Hik. 20:5)

5. Imkon bo‘lganida kishining fikriga qo‘shilishingizni ayting va uni maqtang. Odam uning e’tiqodi to‘g‘ri ekaniga chin dildan ishonishi mumkin. Avval umumiylikni topib, keyin Muqaddas Kitob ta’limotlarini tushunishiga muntazam ravishda yordam bering.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: