Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

SUHBAT BOSHLASH

6-DARS 

Jasorat

Jasorat

Prinsip: «Xudoning xushxabarini sizlarga gapirishimiz uchun Alloh bizga jasorat ato etdi». (1 Salon. 2:2)

Iso nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Luqo 19:1–7 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Nima uchun ba’zilar o‘zini Zakkaydan olib qochgan bo‘lishi mumkin?

  2. b) Ko‘pchilikning noroziligiga qaramay, unga xushxabarni va’z qilishga Isoni nima undagan?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Shohlik haqidagi xushxabarni barcha bilan bo‘lishish uchun jasoratli bo‘lishimiz kerak.

Isoga taqlid qiling

3. Yahovaga tayaning. Xudoning muqaddas ruhi Isoni va’z qilish uchun kuchli qilgan ekan, u sizni ham kuchli qiladi. (Mat. 10:19, 20; Luqo 4:18) Sizga qo‘rqinchli bo‘lib ko‘ringan insonlarga va’z qilish uchun Yahovadan jasorat so‘rang. (Havor. 4:29)

4. Odamlar haqida oldindan xulosa chiqarmang. Odamlarning tashqi ko‘rinishi, ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli yoki e’tiqodi tufayli ularga va’z qilishga ikkilanarmiz. Lekin yodda tuting:

  1. a) Yahova va Iso odamlarning qalbini o‘qiy oladi, bizlar esa yo‘q.

  2. b) Yahova rahm-shafqatini hammaga ko‘rsatadi.

5. Jasoratli bo‘lish bilan birga xushmuomala va ehtiyotkor bo‘ling. (Mat. 10:16) Bahslashishdan qoching. Inson xushxabarni eshitishni xohlamasa va u yerdan ketish kerakligini sezayotgan bo‘lsangiz, suhbatga xushmuomalalik ila yakun yasang. (Hik. 17:14)

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: