Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

QIZIQISHNI RIVOJLANTIRISH

8-DARS

Sabr-toqat

Sabr-toqat

Prinsip: «Sevgi sabr-toqatli». (1 Kor. 13:4)

Iso nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Yuhanno 7:3–5 va 1 Korinfliklarga 15:3, 4, 7 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Isoning ukalari u aytgan xabarga boshida qanday munosabat bildirishgan?

  2. b) Iso ukasi Yoqubga yordam berishdan to‘xtamaganini qanday ko‘rsatgan?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Ba’zi insonlar boshqalarga nisbatan haqiqatni qabul qilishiga ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun sabr-toqatli bo‘lishimiz kerak.

Isoga taqlid qiling

3. Boshqachasiga yondashib ko‘ring. Agar inson Muqaddas Kitob tadqiqiga rozi bo‘lmasa, unga bosim o‘tkazmang. O‘rinli bo‘lganda videolar va maqolalardan foydalanib, Muqaddas Kitob tadqiqi qanday o‘tishi va unga qanday foyda keltirishini tushunishiga yordam bering.

4. Solishtirmang. Har bir inson o‘zgacha. Agar oila a’zoyingiz yoki siz takroriy tashrif qiladigan kishi tadqiqni boshlashga yoki Muqaddas Kitobdagi ta’limotlarni qabul qilishga ikkilanayotgan bo‘lsa, buning sababi nimada bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. U qaysidir diniy ta’limotga bog‘lanib qolganmi? Qarindoshlari yoki qo‘shnilari tomonidan bosimga duch kelyaptimi? Siz aytgan narsalar haqida o‘ylashi va Muqaddas Kitobni qadrlashi uchun unga vaqt bering.

5. Qiziquvchi uchun ibodat qiling. Yahovadan ijobiy va xushmuomala bo‘lib qolish uchun yordam so‘rang. Uncha qiziqish bildirmagan inson bilan qachon suhbatni to‘xtatish kerakligini bilish uchun fahm-farosat so‘rab ibodat qiling. (1 Kor. 9:26)

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: