Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

SHOGIRD TAYYORLASH

10-DARS 

Qat’iylik

Qat’iylik

Prinsip: «Biz sizlarga shu qadar ko‘ngil bog‘lagan edikki, faqat Allohning xushxabarini emas, balki o‘z jonimizni ham berishga tayyor edik, chunki biz sizlarni sevib qolgandik». (1 Salon. 2:8)

Iso nima qilgan?

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Yuhanno 3:1, 2 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Nima uchun Nikodim Iso bilan tunda uchrashishni afzal ko‘rgan? (Yuhan. 12:42, 43 ga qarang.)

  2. b) Iso Nikodim bilan tunda uchrashib, qay yo‘sin shogird tayyorlash qarori qat’iy ekanini ko‘rsatdi?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Odamlarga shogird bo‘lishlariga ko‘maklashishga qat’iy bel bog‘lash orqali ularni sevishimizni ko‘rsatamiz.

Isoga taqlid qiling

3. Tadqiq o‘tuvchiga qulay vaqtda va joyda tadqiq o‘tkazing. Balki unga haftaning muayyan kuni yoki kunning muayyan payti qulayroqdir. Tadqiqni uyida, ish yoki jamoat joyida o‘tishni ma’qul deb bilar. Imkon boricha jadvalingizni uning ehtiyojlariga moslashtiring.

4. Tadqiqni muntazam o‘tkazing. Biron joyga ketsangiz, tadqiqni bekor qilmang. Buning o‘rniga quyidagilar haqida o‘ylab ko‘ring:

  1. a) Tadqiqni o‘sha haftaning boshqa kuniga ko‘chira olasizmi?

  2. b) Tadqiqni telefon yoki video-konferens-aloqa orqali o‘tkaza olasizmi?

  3. d) Tadqiqni boshqa va’zgo‘y o‘tkazib turishini so‘ray olasizmi?

5. To‘g‘ri nuqtai nazarga ega bo‘lish uchun ibodat qiling. Tadqiq o‘tuvchi muntazam tadqiq o‘tishga yoki Muqaddas Kitobdagi maslahatni qo‘llashga qiynalsa ham, unga ko‘maklashishda taslim bo‘lmaslik uchun Yahovadan yordam so‘rang. (Filip. 2:13) Tadqiq o‘tuvchining ko‘p ijobiy xislatlari bordir; ularga diqqat qarata olishingiz uchun ibodat qiling.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG: