Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

D ILOVA

«Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobi yordamida qanday qilib Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkaza olasiz?

«Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobi yordamida qanday qilib Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkaza olasiz?

«Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobi nashr etilishi uchun ko‘p ibodatlar va izlanishlar olib borilgan. Bu adabiyotdan to‘liq foyda olish uchun Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazayotganda quyidagi usulni qo‘llang.

Tadqiq boshlashdan oldin

  1. 1. Puxta tayyorgarlik ko‘ring. Tayyorgarlik paytida tadqiq o‘tuvchining ehtiyojlari, vaziyati hamda nuqtai nazari haqida mulohaza yuriting. U qaysi fikrlarni tushunishga yoki qo‘llashga qiynalishi mumkinligini oldindan aniqlang. «Qo‘shimcha manbalar»dagi ma’lumotlardan qaysi biri qiziquvchiga foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqing. Shunda tadqiq paytida ehtiyoj tug‘ilsa bu manbadan foydalana olasiz.

Tadqiq paytida

  1. 2. Agar tadqiq o‘tuvchi qarshi bo‘lmasa, tadqiqdan oldin va keyin ibodat qiling.

  2. 3. Ko‘p gapirishdan ehtiyot bo‘ling. Diqqatingizni keltirilgan ma’lumotga qarating hamda tadqiq o‘tuvchi o‘z fikrini bildirishiga yo‘l qo‘ying.

  3. 4. Yangi bo‘limga o‘tganingizda uning maqsadini o‘qing hamda ba’zi darslarning nomini eslatib o‘ting.

  4. 5. Butun bo‘limni tugatgach, mazkur bo‘limning takrorlash qismidan foydalanib tadqiq o‘tuvchiga bilib olgan haqiqatlarini eslashga yordam bering.

  5. 6. Tadqiq o‘tuvchi bilan har bir darsni tadqiq qilar ekansiz:

    1. a) Matnni o‘qing.

    2. b) «O‘qing» deb ajratilgan barcha oyatlarni o‘qing.

    3. d) Havola qilingan boshqa oyatlarni ehtiyojga qarab o‘qing.

    4. e) «Tomosha qiling» deb ajratilgan barcha videolarni birga ko‘ring (agar imkoningiz bor bo‘lsa).

    5. f) Tadqiq o‘tuvchiga barcha savollarni bering.

    6. g) Tadqiq o‘tuvchining diqqatini «Ko‘proq bilib oling» qismidagi rasmga qaratib, bu rasmni sharhlab berishini so‘rang.

    7. h) «Maqsad» nomli ramkadan foydalanib, tadqiq o‘tuvchiga u ma’nan o‘sayotganini kuzatishga yordam bering. Tadqiq o‘tuvchini namuna qilingan maqsadni, bundan tashqari boshqa maqsadni yoki har ikkalasini qo‘yishga undashingiz mumkin.

    8. i) Tadqiq o‘tuvchi tayyorgarlik ko‘rganida, «Qo‘shimcha manbalar» qismidagi qaysi maqolalar yoki videolar unga yoqqanini so‘rang.

    9. j) Har bir darsni bir martada o‘tishga harakat qiling.

Tadqiqdan keyin

  1. 7. Tadqiq o‘tuvchi haqida doim o‘ylang. Yahovadan unga ma’nan o‘sishga ko‘maklashishini, sizga esa unga yordam berish uchun donolik berishini so‘rang.