Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7 Ijobat bo‘ladimi?

7 Ijobat bo‘ladimi?

YUQORIDA keltirilgan savol chindan ham diqqatga sazovordir. Muqaddas Kitob Alloh Yahova ibodatlarni tinglashga qodir ekanini ko‘rsatmoqda. Ammo duolarimizni Xudo qabul qilish yoki qilmasligi o‘zimizga ham bog‘liq.

Birinchi asrdagi diniy rahbarlar duolarni Alloh tinglashi uchun emas, balki xalq oldida o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib xo‘jako‘rsinga o‘qishardi. Hazrati Iso bunday qilganlarning ibodatini qoralab: «Ular o‘zlariga yarashasini olib bo‘ldilar»,— deb aytganlar. Ya’ni bu ikkiyuzlamachilarning olgan mukofoti, odamlarga yaxshi ko‘ringani xolos (Matto 6:5). Bugungi kunda ham ko‘pchilik shunday niyat bilan ibodat qiladi. Ularning ibodatlari ijobat bo‘lmasligining asosiy sababi, Muqaddas Kitobda keltirilgan me’yorlarni amalda qo‘llamasliklaridadir.

Nima deb o‘ylaysiz, qilayotgan ibodatlaringizni Xudo eshitib ularga javob beryaptimi? Allohimiz insonlarning irqi, millati, qolaversa ijtimoiy ahvoliga qarab ibodatlarni tinglamaydi. Chunki Muqaddas Kitob ushbu savolning negizi nimada ekanini ko‘rsatib: «Xudoning yuz-xotir qilmasligini, balki Undan qo‘rqqan va to‘g‘rilik ila ish tutgan hammani millatiga qaramay qabul qilishini» ta’kidlamoqda (Havoriylar 10:34, 35). Agar Xudodan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, Uning hissiyotlarini inobatga olib, xafa qilib qo‘yishdan o‘zingizni tiyasiz. Shuningdek, agar siz to‘g‘rilik ila ish tutayotgan bo‘lsangiz, demak o‘zingiz yoki boshqalar aytganini emas, Xudo aytganini bajargan bo‘lasiz. Darhaqiqat, har kim ibodatlari ijobat bo‘lishini xohlaydi. Bu uchun esa muayyan narsalarni inobatga olish kerak *.

Ko‘p odamlar Xudo ibodatlarga mo‘jizaviy ravishda javob berishini kutadi. To‘g‘ri, qadim zamonlarda Alloh shunday qilardi, ammo bunday hodisalar har doim ham bo‘lmagan. Zero, Muqaddas Kitobda bayon etilgan mo‘jizalar orasida goho asrlar o‘tardi. Bundan tashqari, Isoning havoriylari, ya’ni yaqin shogirdlari hayotdan ko‘z yumishganidan keyin mo‘jizalar o‘z nihoyasiga yetishi haqida bashorat qilingandi (1 Korinfliklarga 13:8–10). Bundan chiqdi, Alloh ibodatlarga javob bermas ekan-da? Aslo! Keling, duolarga Xudo qanday javob berayotganini bilaylik.

Donolik beradi. Xudovand Yahova barcha donolikning manbaidir. Va U, saxiylik bilan Uning yo‘l-yo‘riqlarini izlagan hamda bunga binoan yo‘l tutishni istaganlarga hikmat ato etadi (Yoqub 1:5).

Muqaddas ruhini beradi. Xudoning faol qudrati bo‘lmish muqaddas ruh, olamdagi eng oliy kuchdir. Allohning qudrati qiyinchiliklarga bardosh berishga ko‘maklashadi. Qolaversa, yuragimizga xotirjamlik baxsh etib, ruhning samarasi bo‘lmish go‘zal fazilatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi (Galatiyaliklarga 5:22, 23). Iso alayhissalomning va’da berishicha, so‘raganlardan Xudo muqaddas ruhini darig‘ tutmaydi (Luqo 11:13).

Uni izlaganlarga haqiqatni ochib beradi. (Havoriylar 17:26, 27). Butun dunyoda haqiqatni izlaydigan samimiy insonlar juda ko‘p. Ular Xudoning ismini, Unga qanday yaqinlashish mumkinligini va butun insoniyatga bo‘lgan niyatini bilishini xohlaydilar (Yoqub 4:8). Yahovaning Shohidlari bunday insonlarga tez-tez duch kelib, Muqaddas Kitobdan ularga bajonidil javob berishadi.

Kim bilsin, Yahovaning Shohidlari chiqarayotgan ushbu jurnalga ega bo‘lganingiz ham tasodif emas, balkim ibodatlaringizga javobdir?!

^ Ibodatlar ijobat bo‘lishi uchun nima qilish kerakligi haqida ko‘proq ma’lumot olishni xohlasangiz, Yahovaning Shohidlari tomonidan chop etilgan «Muqaddas Kitob ta’limotlari» kitobining 7- bobiga qarang.