Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1. Zilzilalar

1. Zilzilalar

1. Zilzilalar

«Kuchli zilzilalar yuz beradi» (LUQO 21:11)

● Gaitida yuz bergan zilzila haqida xabar berayotgan telemuxbirlar past ovozda nola qilayotgan bolachaning ovozini eshitib qolishdi. Bu bir yarim yashar Vinni ismli qizcha edi. Uni xarobalar ostidan qutqarib olishdi. Bu qizcha omon qoldi, ota-onasi esa halok bo‘lgandi.

FAKTLAR NIMANI KO‘RSATYAPTI? 2010-yilning yanvar oyida Gaitida 7 balli zilzila yuz berganida 300 000 dan ziyod inson halok bo‘lgan. Qariyb 1,3 million inson esa bir zumda uy-joysiz qolgan. Ammo Gaitida yuz bergan bu shiddatli zilzila yagona hodisa emas. 2009-yil apreldan 2010-yil aprelgacha dunyo bo‘ylab kamida 18 ta kuchli zilzila qayd etilgan.

KENG TARQALGAN E’TIROZ. Zilzilalar ko‘paygani yo‘q, balki zamonaviy texnologiyalar tufayli biz ular haqida oldingiga qaraganda ko‘proq eshityapmiz.

CHINDAN HAM SHUNDAYMI? Bir o‘ylab ko‘ring: Muqaddas Kitobda oxirzamonda yuz beradigan zilzilalar soni haqida hech narsa deyilmagan. Lekin u yerda «bir joyda, keyin boshqa joyda» «kuchli zilzilalar yuz beradi», deyilgan. (Mrk 13:8; Lq 21:11)

SIZ QANDAY FIKRDASIZ? Muqaddas Kitobda bashorat qilingan kuchli zilzilalarning guvohi bo‘lyapmizmi?

Zilzilalar oxirzamonda yashayotganimizning yagona dalili emas. Ular Muqaddas Kitobdagi amalga oshgan bashoratlarning bittasi, xolos. Keyingisiga e’tibor beraylik.

[4- sahifadagi matn parchasi]

«Biz [geofiziklar] ularni kuchli zilzilalar deymiz. Boshqalar esa ularni dahshatli deb ataydi». (KEN XADNAT AQSH GEOLOGIYA XIZMATI)

[4- sahifadagi rasm manbai]

© William Daniels/Panos Pictures