Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

«Mening so‘zlarimga rioya qilinglar»

«Mening so‘zlarimga rioya qilinglar»

«Mening so‘zlarimga rioya qilinglar»

«Agar mening so‘zlarimga rioya qilsangizlar, chindan ham mening shogirdlarimsiz. Sizlar haqiqatni bilib olasizlar va haqiqat sizlarni ozod etadi». (YUHANNO 8:31, 32)

Bu nimani anglatadi? Iso «so‘zlarim» deganida, unga yuqoridan berilgan ta’limotlarni nazarda tutgan. U shunday degan: «Meni yuborgan Otamning O‘zi nimani aytishni menga amr etgan». (Yuhanno 12:49) Qolaversa, u samoviy Otasi Tangri Yahovaga ibodat qilganida: «Sening kaloming — haqiqat»,— deb aytgan. (Yuhanno 17:17; Matto 4:4, 7, 10) Shuning uchun Isoning haqiqiy izdoshlari uning «so‘zlariga rioya qilishadi», ya’ni Xudoning Kalomi — Muqaddas Kitobni «haqiqat» deb qabul qilishadi va e’tiqod hamda odob-axloq masalasida uni namuna deb hisoblashadi.

Ilk masihiylar qanday yo‘l tutishgan? Havoriy Pavlus Iso kabi Xudoning Kalomini hurmat qilgan. U shunday degan: «Muqaddas Yozuvlarning hammasi Xudo tomonidan ilhomlantirilgan bo‘lib,.. foydalidir». (2 Timo‘tiyga 3:16) Imondoshlariga ta’lim berishga tayinlangan erkaklar «haqiqat kalomiga qattiq rioya qilishlari» lozim edi. (Titusga 1:7, 9) Ilk masihiylar «falsafa va quruq gaplarni» rad etishlari kerak edi, chunki «bu narsalar insoniy urf-odatlarga va bu dunyoning qoidalariga asoslangan bo‘lib, Masihning ta’limotlariga ziddir». (Kolosaliklarga 2:8)

Bugungi kunda kim bu namunaga mos kelyapti? Katolik cherkovi o‘z ta’limotlari uchun nafaqat Muqaddas Kitobni, balki boshqa manbalarni ham asos sifatida qo‘llaydi. Sababi katolik cherkovi o‘z an’analarini Muqaddas Kitob kabi muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. «Maklinz» jurnalida Torontodagi (Kanada) bir ruhoniy ayolning so‘zlari keltirilgan edi: «Nega endi biz ikki ming yillik g‘oyalarga quloq tutishimiz kerak ekan? Axir o‘zimizda ham ajoyib g‘oyalar bor-ku! Nuqul Iso va Muqaddas Yozuvlardan foydalanganimiz uchun o‘zimizning g‘oyalarimiz soyada qolib ketyapti».

Bir ensiklopediyada Yahovaning Shohidlari haqida shunday deyilgan: «Ular uchun Muqaddas Kitob e’tiqod hamda odob-axloq masalasida yagona manba sifatida xizmat qiladi». («New Catholic Encyclopedia») Yaqinda Kanadada bir opamiz erkak kishiga va’z qilayotganida, u kishi gapni bo‘ldi-da, opamizning qo‘lidagi Muqaddas Kitobga ishora qilib shunday dedi: «Kim ekaningizni qo‘lingizdagi kitobdan tushundim».