Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

O‘quvchilarning savollari

O‘quvchilarning savollari

Agar turmush qurmagan juftlik uzrli sababsiz tunda bir uyda yolg‘iz qolsa, bu gunoh bo‘lib, hakamlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladimi?

Ha, ular uzrli sabablarsiz tunni yolg‘iz o‘tkazishgani jinsiy axloqsizlik qilinganining yaqqol dalili bo‘la oladi. Jiddiy sabablar yo‘q ekan, hakamlar qo‘mitasi tuzilishi kerak. (1 Kor. 6:18)

Oqsoqollar kengashi a’zolari har bir vaziyatni alohida sinchkovlik ila o‘rganib chiqib, u hakamlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak yoki kerak emasligini hal qiladi. Masalan: o‘sha odamlar uchrashyaptimi? Oqsoqollar ularning bir-biriga qilgan munosabati borasida ilgari maslahat berganmi? Nima sababli ular tunda bir uyda qolishdi? Ular buni oldindan rejalashtirishganmi? Vaziyatning boshqa yechimi yo‘qmidi yoki kutilmagan voqea yoxud biron kor-hol bo‘lib tunda bir uyda qolishdan boshqa chora yo‘qmidi? (Voiz 9:11) Ular qayerda uxlashdi? Demak, vaziyatlar bir-biridan farq qilgani bois, oqsoqollar ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladigan boshqa muhim sabablar ham bo‘lishi mumkin.

Oqsoqollar kengashi bor ma’lumotni o‘rganib chiqqach, masala hakamlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak yoki kerak emasligini hal qiladi.