Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bilasizmi?

Bilasizmi?

Isoning shogirdi Stefan ta’qibga uchragan paytda qay yo‘sin xotirjamlikni saqlay olgan?

STEFAN yomon niyatli to‘daga duch keldi. Oliy Kengash a’zolari sifatida uning tarkibiga kirgan 71 ta hakam Isroilda eng qudratli kishilar bo‘lgan. Ular oliy ruhoniy Kayafa tomonidan yig‘ilishgan va bir necha oy oldin Iso o‘limga mahkum etilganida u sudga raislik qilgan. (Mat. 26:57, 59; Havor. 6:8–12) Birin-ketin soxta guvohlar Stefanni ayblashadi va ular «uning yuzi xuddi farishtaning yuziga o‘xshab qolgan»ini ko‘rib hayratlanishadi. (Havor. 6:13–15)

Qanday qilib Stefan bunday qo‘rqinchli vaziyatda xotirjam va yuvosh bo‘lib qolgan? Oliy Kengash oldida turishdan oldin u Xudoning muqaddas ruhi yordamida va’zgo‘ylik ishida juda band edi. (Havor. 6:3–7) U Oliy Kengashda bo‘lganida ham xuddi shu muqaddas ruh unga eslashga va yupatuvchi sifatida yordam bergan. (Yuhan. 14:16, izoh) Havoriylar kitobining 7- bobida yozilishicha, u muqaddas ruh ko‘magida Ibroniycha yozuvlardan taxminan 20 yoki undan ham ortiq oyatlar keltira olgan. (Yuhan. 14:26) Stefan Xudoning o‘ng tomonida turgan Isoni ko‘rganida imoni mustahkamlandi. (Havor. 7:54–56, 59, 60)

Biz ham bir kunmas-bir kun quvg‘un va ta’qiblarga duch kelishimiz mumkin. (Yuhan. 15:20) Lekin Xudoning Kalomi orqali muntazam oziqlansak va xizmat bilan band bo‘lsak, Uning ruhi bizga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘yamiz. Shuningdek, ta’qiblarga uchraganimizda ichki xotirjamlikni saqlay olamiz (1 Butr. 4:12–14)