Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bilasizmi?

Bilasizmi?

Birinchi asrdagi sinagoga Jalila dengizining shimoli-sharqidan taxminan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan Gamla shahrida topilgan birinchi asrga tegishli sinagoganing qayta tiklangan binosi. Ehtimol, qadimda sinagoga shunday ko‘rinishda bo‘lgan

Sinagoga qanday paydo bo‘lgan?

IBODATXONA deb tarjima qilingan yunoncha «sinagoga» so‘zi «birga yig‘ilish, jamoa» degan ma’noni anglatadi. Bu nom juda mos kelyapti, chunki qadimda yahudiylar yo‘l-yo‘riq olish va topinish maqsadida u yerda yig‘ilardi. Ibroniycha yozuvlarda sinagoga haqida aniq aytilmagan, ammo Yunoncha yozuvlardan shuni ko‘rishimiz mumkinki, milodiy birinchi asrga kelib bunday yig‘ilish joylari keng tarqalgandi.

Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, sinagoganing kelib chiqishi yahudiylar Bobil surgunligida bo‘lgan paytga borib taqaladi. Bir ensiklopediyada quyidagicha yozilgan: «Surgunlikda bo‘lganlar endi ma’badsiz qolgani tufayli tasalli topish uchun vaqti-vaqti bilan, ehtimol, Shabbat kunlari birga yig‘ilib, Muqaddas Yozuvlarni qiroat qilardi». («Encyclopaedia Judaica») Surgundan qaytgach, yahudiylar borgan joylarida sinagogalar barpo etib, u yerda ibodat qilishda va Muqaddas Yozuvlarni o‘qishda davom etganga o‘xshaydi.

Shu yo‘sin, milodiy birinchi asrga kelib Yaqin Sharq bo‘ylab O‘rta dengiz atrofidagi hamda Isroildagi yahudiylarning diniy hamda ijtimoiy hayotida sinagoga markaziy o‘rin egallay boshladi. Bir universitetning professori Li Liven shunday fikr bildirdi: «[Sinagoga] tadqiq o‘tkazish, muqaddas taomlarni tanavvul qilish, hukm qilish, soliqlarni to‘lash, siyosiy hamda ijtimoiy yig‘ilishlar o‘tadigan joy edi». («The Hebrew University of Jerusalem») U quyidagicha qo‘shib qo‘ydi: «Albatta bu joy asosan diniy maqsadda xizmat qilgan». Shu bois, Iso sinagogada o‘tgan yig‘ilishlarga tez-tez borib turganining ajablanarli joyi yo‘q. (Mark 1:21; 6:2; Luqo 4:16) U yerda Iso tashrif buyurganlarga ta’lim bergan, ishontirgan va dalda baxsh etgan. Imonlilar jamoati paydo bo‘lgach, havoriy Pavlus ham sinagogalarda ko‘p va’z qilgan. Ma’nan chanqoq bo‘lgan kishilar sinagoga kelardi. Shuning uchun, Pavlus biron shaharga kelganida, odatda avval u yerda va’z qilardi. (Havor. 17:1, 2; 18:4)