Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bilasizmi?

Bilasizmi?

Qay yo‘sin qadimda odamlar kema orqali sayohat qilgan?

UMUMAN olganda, Pavlusning davrida yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kemalar bo‘lmagan. Kema orqali sayohatga chiqish uchun kishi odatda uning yo‘nalishiga mos keladigan savdo kemasi safarga otlanishini va ular yo‘lovchi olish-olmasligini boshqalardan surishtirardi. (Havor. 21:2, 3) Kema aynan sayohatchi istagan joyga bormasa ham, u qaysidir portda tushib qolishi va manzilga yetib olish uchun boshqa kemani izlashi mumkin edi. (Havor. 27:1–6)

Aksariyat hollarda kemalar mavsumga qarab yo‘lga chiqardi va muayyan jadvalga rioya qilmasdi. Yomon ob-havodan tashqari, irimchi dengizchilar yomon belgi ko‘rishsa, yo‘lga chiqmas edi. Masalan, qarg‘a kema arqonlarida turib qag‘illashi yoki halokatga uchragan kema qoldiqlarini sohilda ko‘rib qolishsa, shunday yo‘l tutishardi. Bundan tashqari, dengizchilar shamolga ham e’tibor qaratardi. Agar shamol to‘g‘ri yo‘nalishda essa, ular yo‘lga chiqardi. O‘ziga kerakli kemani topgach, sayohatchi yuki bilan yaqin oradagi portga borardi va xabarchi kema jo‘nayotgani haqida e’lon qilishini kutardi.

Tarixchi Lionel Kassonning yozishicha: «Odamlar o‘zlariga kerak bo‘lgan kemani qidirmasligi uchun Rim shahrida bu osonlashtirilgan edi. Uning porti Tibr daryosi bo‘yida joylashgan edi. Ostiya shahri yaqinida idoralar bilan o‘ralgan katta ochiq maydon bor edi. Bu idoralarning ko‘pi turli portlarning yuk jo‘natuvchilariga tegishli edi. Misol uchun, Narbon (hozirgi Fransiya) yuk jo‘natuvchilari, Karfagen (hozirgi Tunis) yuk jo‘natuvchilari va boshqalar shular jumlasidandir. Kema orqali sayohatga otlangan kishi istagan shahrining idorasiga borishi va qayerga yo‘l olganini aytishi yetarli edi».

Dengiz sayohatlari vaqtni tejagan, ammo shu bilan birga xavfli bo‘lgan. Pavlus va’zgo‘ylik safariga chiqqanida, bir necha marotaba kema halokatiga uchragan. (2 Kor. 11:25)