Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Yahovaning xalqiga yordam berish uchun jon kuydirayotgan cho‘ponlar

Yahovaning xalqiga yordam berish uchun jon kuydirayotgan cho‘ponlar

Ko‘p insonlar hokimiyatga ega bo‘lgan kishilarga ishonmaydi. Buning sababini yaxshi bilamiz. Tarix davomida odamlar o‘zlarining foydasini ko‘zlab, hokimiyatidan noto‘g‘ri foydalanishgan. (Mx 7:3) Jamoatdagi oqsoqollarimiz esa o‘z hokimiyatini Yahova xalqining manfaati uchun qo‘llashga o‘rgatilganidan juda minnatdormiz. (Est 10:3; Mt 20:25, 26)

Oqsoqollar bu dunyodagi hokimiyatga ega kishilardan farq qiladi. Ular Yahova va Uning xalqini yaxshi ko‘rgani uchun nozirlar sifatida xizmat qilishadi. (Yuh 21:16; 1Btr 5:1–3) Isoning boshqaruvi ostida bu cho‘ponlar har bir va’zgo‘yga o‘zini Yahova oilasining bir qismidek his qilishga hamda Yahovaga yaqinlashishga yordam berishadi. Ular Yahovaning qo‘zichoqlari daldaga va shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganida yoki ofat yuz berganida darhol yordam qo‘lini cho‘zishadi. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, jamoatingizdagi oqsoqolga bemalol murojaat qilishingiz mumkin. (Yoq 5:14)

«SURUVGA G‘AMXO‘RLIK QILUVCHI CHO‘PONLAR» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Mariana oqsoqollar taqdim etgan yordamdan qanday foyda oldi?

  • Elias oqsoqollar taqdim etgan yordamdan qanday foyda oldi?

  • Bu misollar oqsoqollar bajarayotgan ishlar borasidagi fikringizga qanday ta’sir qildi?