Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Xizmatingizda JW.ORG saytining bosh sahifasidan foydalaning

Xizmatingizda JW.ORG saytining bosh sahifasidan foydalaning

Saytimizning bosh sahifasida Yahovaning Shohidi bo‘lmagan samimiy insonlarda qiziqish uyg‘otishga mo‘ljallangan maqolalar va videolar bor. (Hv 13:48) Ko‘pincha bu sahifada yangiliklarda yoritilayotgan yoki odamlar orasida keng tarqalgan mavzular muhokama qilinadi.

Qanday qilib jw.org saytining bosh sahifasini xizmatingizda qo‘llay olasiz?

  • Veb-saytimizni muntazam kuzatib boring. «Saralangan mavzular» sarlavhasi ostidagi maqolalarga e’tibor bering va qiziqayotgan insonga yordam berish uchun ulardan qanday foydalanishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. (Yaqinda bosh sahifada chiqqan boshqa ma’lumotni topish uchun «Ko‘proq ko‘rish» tugmasini bosing.) Saytimizda chiqqan eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lsangiz, xizmatingizda asqatadigan yangi fikrlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

  • Suhbatni boshlash uchun bosh sahifada keltirilgan maqolalar va videolardan foydalaning. Ular bizga hududimizdagi odamlar nima to‘g‘risida o‘ylayotganini tushunishga yordam berishi mumkin.

  • Odamlarga bosh sahifani ko‘rsating. «Sizni qiziqtirayotgan mavzuni tanlang» sarlavhasi ostidagi mavzularni aytib o‘ting va veb-saytimizda qanday qilib ma’lumot topish mumkinligini ko‘rsating.

  • Havolani yuboring. Ayrim odamlar biz bilan yuzma-yuz gaplashishni xohlamasa-da, veb-saytimizga kirishga qarshi emas. Shunga qiziqish ko‘rsatgan insonlarga bosh sahifaning yoki u yerda keltirilgan muayyan maqola yo videoning havolasini yuborish fursatini qo‘ldan boy bermang.