Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

O‘quvchilarning savollari

O‘quvchilarning savollari

«Muqaddas ruh samarasi»ga faqat Galatiyaliklarga 5:22, 23 da sanab o‘tilgan fazilatlar kiradimi?

Ushbu oyatda quyidagi to‘qqizta fazilat sanab o‘tilgan: «Sevgi, sevinch, tinchlik, sabr-toqat, mehribonlik, himmat, imon, muloyimlik va o‘zini tuta bilish». Xudoning ruhi faqat shu fazilatlarni rivojlantirishimizga yordam beradi, deb o‘ylamasligimiz lozim.

E’tibor bersak, Pavlus bundan oldingi oyatlarda: «Tana ishlari aniq-ravshandir: zino, ifloslik, axloqsiz xulq, butparastlik, sehr-jodu, adovat, janjalkashlik, rashk-hasad, darg‘azab bo‘lish, talash-tortish, bo‘linishlar, mazhablar yaratish, hasad, ichkilikbozlik, aysh-ishrat va shularga o‘xshagan ishlar»,— deb yozgandi. (Galat. 5:19–21) Pavlus «tana ishlari» qatorida Kolosaliklarga 3:5 da tilga olingan narsalarni ham sanab o‘tishi mumkin edi. U Galatiyaliklarga 5:22, 23 da aytib o‘tgan to‘qqizta yaxshi xislat borasida ham shunday deyish mumkin. Pavlus muqaddas ruh yordamida rivojlantirishimiz mumkin bo‘lgan yaxshi xislatlarning to‘liq ro‘yxatini keltirmoqchi bo‘lmagan.

Muqaddas ruh samarasini Pavlus Efesdagi jamoatga yozgan nur samarasi bilan solishtirganda buni tushunishimiz mumkin. U shunday degan: «Nurning samarasi esa har qanday himmat, adolat va haqiqatdir». (Efes. 5:8, 9) Ha, adolat va haqiqat kabi «himmat» ham nur samarasining bir qismi, ammo u «muqaddas ruh samarasi»ning ham bir qirrasidir.

Pavlus Timo‘tiyni oltita yaxshi xislatni, ya’ni «odillik, xudojo‘ylik, imon, muhabbat, sabr-bardosh va muloyimlik kabi fazilatlarni rivojlantirishdan» to‘xtamaslikka undagan. (1 Tim. 6:11) Ulardan faqat uchtasi (imon, sevgi va muloyimlik) «muqaddas ruh samarasi»ning qirrasi sifatida aytib o‘tilgan. Ammo Timo‘tiy odillik, xudojo‘ylik va sabr-bardoshni ham rivojlantirishi kerak edi va buning uchun u muqaddas ruh yordamiga muhtojligini bilardi. (Kolosaliklarga 3:12 va 2 Butrus 1:5–7 ni solishtiring.)

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Galatiyaliklarga 5:22, 23 da masihiylar rivojlantirishi kerak bo‘lgan fazilatlarning to‘liq ro‘yxati keltirilmagan. Xudoning ruhi bizga «muqaddas ruh samarasi»ning to‘qqizta qirrasini rivojlantirishga yordam beradi. Lekin yetuk masihiy bo‘lish va «haqiqiy odillik va sadoqatga asoslangan, Xudoning niyatiga ko‘ra yaralgan yangi o‘zlikni kiyib» olishimiz uchun rivojlantirishimiz kerak bo‘lgan yana ko‘p fazilatlar bor. (Efes. 4:24)