Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Ibodat sizga qanday yordam bera oladi?

Ibodat sizga qanday yordam bera oladi?

Jiddiy kasallikka chalingan Pamela tibbiy yordam olish uchun shifokorlarga murojaat qildi. Lekin shu bilan birga, bu qiyinchilikka bardosh bera olish uchun u Xudodan ibodatda kuch so‘radi. Qiziq, ibodat unga yordam berdimi?

Pamela shunday aytib berdi: «Saratondan davolanayotganimda ko‘pincha qo‘rquvni his qilardim. Ammo Alloh Yahovaga ibodat qilganimda xotirjam tortib, ravshan fikrlay olardim. Haligacha og‘riqlardan azob chekayotgan bo‘lsam-da, ibodat vaziyatimga ijobiy qarashga yordam beryapti. Odamlar hol-ahvol so‘rashganida, men: “Sog‘lig‘im uncha yaxshi emas-u, lekin kayfiyatim a’lo!” — deb javob beraman».

Albatta, ibodat qilish uchun hayotimizga xavf soladigan vaziyat yuz berishini kutib o‘tirmaymiz. Chunki barchamiz katta-yu kichik muammolarga duch kelib turamiz va odatda ularni hal qilish uchun yordamga muhtoj bo‘lamiz. Bunday paytlarda ibodat ko‘maklasha oladimi?

Muqaddas Kitobda: «G‘am-tashvishingni Yahovaga tashla, Uning O‘zi senga tayanch bo‘ladi. Odil kishining yiqilishiga U aslo yo‘l qo‘ymaydi»,— deyilgan. (Zabur 55:22) Naqadar daldali so‘zlar! Xo‘sh, ibodat sizga qanday yordam berishi mumkin? Xudoga ma’qul tarzda ibodat qilganingizda, U sizga qiyinchiliklarni yengish uchun kerak bo‘lgan barcha narsani taqdim etadi. (« Ibodat sizga qanday foyda keltirishi mumkin?» nomli ramkaga qarang.)