Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Alloh ibodatlaringizni eshitadimi?

Alloh ibodatlaringizni eshitadimi?

Ibodat qilganingizda, Xudo sizni eshitadimi?

MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN?

  • Alloh sizni eshitadi. Muqaddas Kitob shunday deb ishontirmoqda: «Yahova Uni chaqirayotgan kishilarga, Uni chin qalbdan chaqirayotganlarga yaqindir... [U] ularning faryodini eshitadi». (Zabur 145:18, 19)

  • Xudo Unga ibodat qilishingizni istaydi. Muqaddas Kitob: «Ibodat va iltijoda tilaklaringizni minnatdorchilik bilan Allohga bildiringlar»,— deb chorlamoqda. (Filippiliklarga 4:6)

  • Alloh sizga g‘amxo‘rlik qiladi. Xudo barcha muammolaringiz-u tashvishlaringizdan xabardor bo‘lib, sizga yordam berishni xohlaydi. Muqaddas Kitobda: «Barcha g‘am-tashvishlaringizni Unga tashlanglar, chunki U sizlarga g‘amxo‘rlik qiladi»,— deb aytilgan. (1 Butrus 5:7)