Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

O‘quvchilarning savollari

O‘quvchilarning savollari

Yer yuzida kimlar tiriladi va qaysi maqsadda?

▪ Muqaddas Kitobda bu savolga qanday javob berilishiga diqqat qarating.

Havoriylar 24:15 da «adolatli va adolatsiz odamlarning tirilishi» haqida yozilgan. Adolatli insonlar o‘limidan oldin Allohga itoatli bo‘lgan. Shuning uchun, ularning ismi hayot kitobida bor. (Mal. 3:16) Adolatsiz insonlarda esa Yahovani tanib-bilish imkoni bo‘lmagan. Shu bois, ularning ismi hayot kitobida yo‘q.

Yuhanno 5:28, 29 da Havoriylar 24:15 da tilga olingan o‘sha-o‘sha ikki guruhdagi insonlar haqida aytilgan. Iso Masih: «Yaxshilik qilganlar yashash uchun, yomonlik qilganlar esa hukm etilish uchun tiriladi»,— deb aytgan. Adolatli insonlar o‘limidan oldin yaxshilik qilgan. Ular yashash uchun tiriladi, chunki ularning ismi hayot kitobida yozilgan bo‘ladi. Ammo adolatsiz insonlar o‘limidan oldin yovuz ishlarga qo‘l urgan. Ular hukm etilish uchun tiriladi. Ularning ismi hayot kitobida yozilmagan bo‘ladi va ular muayyan payt hukm etiladi, ya’ni ularning ishlari tekshiriladi. Bu vaqt davomida ular Yahovani tanib-bilish va ismlari hayot kitobida yozilish imkoniga ega bo‘ladi.

Vahiy 20:12, 13 da aytilgan so‘zlar shuni ko‘rsatyaptiki, barcha tirilganlar «kitoblarda yozilganlarga», ya’ni jannatdagi yangi qonunlarga bo‘ysunishi kerak bo‘ladi. Kimda-kim bo‘ysunmasa, Yahova ularni yo‘q qiladi. (Ishayo 65:20)

Doniyor 12:2 da bashorat qilinganiday, hayotdan ko‘z yumgan ba’zilar «abadiy hayot uchun, boshqalari esa... isnodga hamda toabad nafratga duchor bo‘lish uchun» tiriladi. Bu oyatda tiriladigan insonlarning so‘nggi bor hukm etilishi haqida gap ketyapti. Ular «abadiy hayot uchun» yoki «toabad nafratga duchor bo‘lish uchun» tiriladi. Demak, 1 000-yilning oxirida ayrimlar abadiy hayotga ega bo‘ladi, ba’zilar esa yo‘q qilinadi. (Vah. 20:15; 21:3, 4)

Keling, bir misolni ko‘rib chiqaylik. Tiriladigan insonlarning vaziyatini boshqa mamlakatda yashashni istaydigan insonlar bilan solishtirsa bo‘ladi. Adolatli insonlar ish vizasini olganlarga o‘xshaydi. Ular ko‘proq erkinlikka va huquqlarga ega bo‘ladi. Adolatsiz insonlar esa vaqtinchalik viza olganlarga o‘xshaydi. Ikki guruhdagi insonlar yangi mamlakatda qolishi va u yerda fuqarolik olishi uchun qonunlarga bo‘ysunib, ularni hurmat qilishi lozim. Yakuniy qaror ularning yangi mamlakatdagi xulq-atvoriga va munosabatiga asoslanadi. Shu singari, barcha tirilganlarga chiqariladigan hukm ularning yangi dunyoda ko‘rsatadigan sadoqatiga va xulq-atvoriga bog‘liq bo‘ladi.

Yahova nafaqat hamdard, balki adolatli Xudodir. (Qonun. 32:4; Zab. 33:5) U adolatli va adolatsiz insonlarni tiriltirish orqali ularga O‘z sevgisini ko‘rsatadi. Lekin Yahova ulardan yuqori axloqiy me’yorlariga bo‘ysunishini kutadi. Faqat Yahovani sevib, Uning qonunlariga amal qiladigan insongina yangi dunyoda abadiy yashaydi.