Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Xudo sizga g‘amxo‘rlik qiladi

Xudo sizga g‘amxo‘rlik qiladi

MUQADDAS KITOB Xudo tomonidan ilhomlantirilgani uchun unda bizga foyda keltiradigan eng yaxshi maslahatlar bor. Muqaddas Kitob tibbiy qo‘llanma bo‘lmasa-da, u ko‘ngilni xira qiladigan vaziyatlar, tashvishli o‘y-fikrlar, og‘riqli tuyg‘ular hamda tushkunlikka tushiradigan jismoniy va ruhiy salomatlik muammolari bilan kurashishimizga yordam berishi mumkin.

Eng muhimi shundaki, Muqaddas Kitob bizni Yaratuvchimiz Tangri Yahova a o‘y-fikrlarimiz-u his-tuyg‘ularimizni hammadan ham yaxshiroq tushunishiga ishontiryapti. Qanday qiyinchilikka duch kelmaylik, u bizga yordam berishga tayyor. Quyidagi tasalli baxsh etuvchi ikkita oyat buning misoli bo‘la oladi.

«Yahova qalbi o‘ksiganlarga yaqindir, ruhan ezilganlarni U qutqaradi». (ZABUR 34:18)

«Chunki Men, Tangring Yahova, o‘ng qo‘lingdan ushlab: “Qo‘rqma! Senga yordam beraman”,— deyapman». (ISHAYO 41:13)

Lekin qanday qilib Yahova bizga ruhiy salomatlik muammolari bilan kurashishda yordam berishi mumkin? Keyingi maqolalarda U bizga ko‘plab yo‘llar orqali chinakamiga g‘amxo‘rlik qilishini bilib olamiz.

a Yahova — Xudoning ismidir. (Zabur 83:18)