Xudo ruhiy salomatligimiz mukammal bo‘lishini va’da beryapti
Muqaddas Kitob orqali Alloh ruhiy salomatlik muammolari bilan kurashayotganlarga yo‘l-yo‘riq va tasalli beryapti.
Biroq Xudo bundan-da ko‘prog‘ini qilmoqchi. U ruhiy buzilishlarning sabablarini butunlay bartaraf etishni va’da beryapti.
Alloh bu va’dasini amalga oshirganida og‘riqli tuyg‘ular, ruhiy kasalliklar va azob keltiradigan xotiralar boshqa «esga olinmaydi, hatto ko‘ngilga ham kelmaydi». (Ishayo 65:17)
Xudo ushbu tasalli baxsh etuvchi va’dasini qachon va qanday amalga oshiradi? Yahovaning Shohidlari buni bilib olishingizga yordam berishdan xursand bo‘lishadi.