Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Tavsiya

Tavsiya

jw.org saytining bosh sahifasidagi maqolalarni toping

Ko‘p imondoshlarimiz xizmatda jw.org saytining bosh sahifasidagi maqolalardan foydalanishyapti. Ularni elektron tarzda yuborish oson. Ushbu maqolalar yordamida so‘nggi hodisalarda Muqaddas Kitobdagi bashoratlar qanday amalga oshayotganini ko‘rsatish mumkin. Bitta birodarning aytishicha, ular «hozir xizmat qilayotgan usul uchun juda mos kelyapti».

Biroq bu maqolalar tez-tez yangilanib turadi. Shunday ekan, ularni qayerdan topsa bo‘ladi?

  • jw.org saytida bosh sahifaning tepasidagi «Ko‘proq ko‘rish» tugmasiga bossangiz, «Bosh sahifadagi yaqinda ko‘rilgan maqolalar» nomli sahifa ochiladi. U yerda saytning bosh sahifasida chiqqan so‘nggi maqolalarni topa olasiz.

  • jw.org saytida yoki «JW Library®» ilovasida «Kutubxona», keyin «Maqolalar turkumi», so‘ng «Qo‘shimcha mavzular»ga kiring. Bu bo‘limda bosh sahifada chiqqan ko‘p maqolalar bor.