Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Barchamizda tug‘iladigan savol

Barchamizda tug‘iladigan savol

Agar siz notanish joyga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, nima qilasiz?

  1. 1. O‘zingiz to‘g‘ri deb bilgan yo‘ldan yurasiz.

  2. 2. Boshqalar yo‘lni biladi deb, ularga ergashasiz.

  3. 3. Siz ishonchli deb bilgan odamlar yo vositalarga, masalan, yo‘lni biladigan do‘stingiz, GPS-navigator yoki xaritaga murojaat qilasiz.

Birinchi yo ikkinchi variantni tanlasak, qayergadir yetib olishimiz mumkin, lekin biz ko‘zlagan manzilga emas. Agar uchinchi variantni tanlasak, kerakli manzilga yetib olishimizga amin bo‘lishimiz mumkin.

Hayotimiz sayohatga o‘xshaydi. Bu sayohat bizni baxtli kelajakka yetaklashiga umid qilamiz. Ammo ushbu manzilga yetib olish-olmasligimiz qarorlar chiqarayotganda qayerdan maslahat izlashimizga bog‘liq.

Chiqargan qarorlarimizning ko‘pi uncha muhim emas, ba’zilari esa juda muhim. Bunday muhim qarorlarimiz nimani to‘g‘ri va nimani noto‘g‘ri deb hisoblashimizni ko‘rsatadi. Ular uzoq vaqt davomida o‘zimizga va yaqinlarimizga yaxshi yoki yomon ta’sir qilishi hech gap emas. Bu qarorlar quyidagi masalalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:

  • Jinsiy munosabatlar va nikoh

  • Halollik, ish va pul

  • Farzand tarbiyasi

  • Boshqalarga bo‘lgan munosabat

Bu masalalarda chiqargan qarorlaringiz sizni va oilangizni baxtli kelajakka yetaklashiga qanday amin bo‘la olasiz?

Har birimizda shunday savol tug‘ilishi mumkin: «Nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekani masalasida oqilona qarorlar chiqarishimga nima yordam beradi?»

Ushbu jurnalda nega Muqaddas Kitobda nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekani borasida aytilganlarga ishonishimiz mumkinligi hamda bu bizga qanday yordam berishi tushuntiriladi.