Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

TAVSIYA

Amalda qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan ma’naviy marvaridlarni izlang

Amalda qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan ma’naviy marvaridlarni izlang

Muqaddas Kitobni o‘qiganda, tadqiq orqali ma’naviy marvaridlarni izlashimiz mumkin. Xo‘sh, bundan qanday qilib to‘liq foyda olsak bo‘ladi?

Chuqurroq izlaning. Kalomdagi bayonotlarning tafsilotlariga diqqat qarating. Masalan, bayonotni kim, kimlarga qarata va qachon yozganini aniqlang. O‘shanda qanday sharoit bo‘lgan, undan oldin nima yuz bergan va keyin nima bo‘lgan?

Saboqlar oling. Masalan, quyidagi savollar yordamida fikr yuriting: «Bayonotda tilga olingan odamlar o‘zlarini qanday his qilishgan? Ular qanday fazilatlarni namoyon etishgan? Nega men ham ularni namoyon etishim yoki bartaraf etishim lozim?»

Amal qiling. Bilib olganlaringizni, ehtimol, xizmatda yoki boshqalar bilan munosabat qilganda amalda qo‘llang. Shu yo‘sin, siz Xudoga ma’qul keladigan donolikni namoyon etasiz. Chunki Zabur 107:43 da: «Kim dono bo‘lsa, bu narsalarga e’tibor beradi»,— deb aytilgan.

  • Tavsiya. Hafta o‘rtasida o‘tadigan uchrashuvdagi Alloh Kalomidagi xazinalar qismida bilib olganlaringizni qanday qo‘llashingiz mumkinligi borasida fikr yuriting. Bu qism o‘zimizdan so‘rashimiz mumkin bo‘lgan savollar, mulohaza yuritishimiz mumkin bo‘lgan fikrlar va tadqiq qilishimiz mumkin bo‘lgan misollardan iborat.