Asosiy materiallarga o‘tish

«Qo‘riqchi minorasi»: hech bir jurnal teng kelmaydi

«Qo‘riqchi minorasi»: hech bir jurnal teng kelmaydi

«Qo‘riqchi minorasi» jurnalining nusxalar soni dunyodagi boshqa har qanday jurnalning nusxalar sonidan ustundir. Bu jurnalning har bir soni 42 milliondan ko‘proq nusxada chop etiladi. Ikkinchi o‘rinda «Uyg‘oning!» jurnali turadi va uning har bir soni 41 million nusxada nashr etiladi. Ushbu jurnallar Yahovaning Shohidlari tomonidan chop etiladi va 236 mamlakat va hududlardan tarqatiladi.

Boshqa adabiyotlar to‘g‘risida nima desa bo‘ladi? Amerikadagi jurnallarni nashr etuvchilar uyushmasining ma’lumot berishicha, AQShdagi pulli jurnallar orasida birinchi o‘rinni Amerikadagi nafaqaxo‘rlar uyushmasi, ya’ni o‘quvchilari 50 yoshdan katta bo‘lgan kishilardan iborat tashkilot tomonidan nashr etiladigan jurnal egallaydi. Bu jurnal 22,4 milliondan ko‘proq nusxada chop etiladi. «ADAS Motorvelt» nemis jurnalining o‘rtacha soni 14 millionga, xitoy jurnali «Gushi xuey» («Voqealar») esa 5,4 millionga yaqin nusxada nashr qilinadi.

Gazetalarga keladigan bo‘lsak, nashr etiladigan nusxalar bo‘yicha birinchi o‘rinda «Iomiuri» yapon gazetasi turadi («Yomiuri Shimbun»). U doim 10 milliondan oshiq nusxada chop etiladi.

Yahova Shohidlarining adabiyotlari tarjima qilinadigan tillar bo‘yicha ham boshqalardan ustunroqdir. «Qo‘riqchi minorasi» 190 tildan, «Uyg‘oning!» esa 80 tildan ko‘proq tillarga o‘giriladi. Solishtirish uchun: «Riderz daydjest» jurnali 21 tilga tarjima qilinib, uning mundarijasi har bir mamlakatda farq qiladi («Reader’s Digest»).

Bu yerda aytilgan jurnallarga qaraganda, «Qo‘riqchi minorasi» va «Uyg‘oning!» jurnallari xayr-ehsonlar evaziga qoplanadi. Qolaversa, bu jurnallar ichida reklamalar yo‘q bo‘lib, bepul tarqatiladi.

«Qo‘riqchi minorasi»ning maqsadi — Muqaddas Kitob ta’limotlarini va ayniqsa Xudoning Shohligi haqida Uning Kalomida nima deb aytilganini tushuntirishdan iborat. Bu jurnal 1879-yildan beri to‘xtamay chop etiladi. «Uyg‘oning!» jurnalida ko‘pincha umumiy mavzular, masalan tabiat va ilm-fan haqida yozilgan bo‘lib, Yaratuvchiga bo‘lgan imonni mustahkamlashga mo‘ljallangan. U yerda shuningdek, Muqaddas Kitob hayotimizda qay yo‘sin amaliy bo‘la olishi ta’kidlanadi.